Yangiliklar

ITSM va Huawei kompaniyasi o’rtasida memorandum imzolandi!

03.10.2024 67

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim sohasida eng yangi texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish yo'lida muhim qadamlar qo'ymoqda. Ushbu jarayon doirasida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa qo'shma loyihalar va tashabbuslar uchun yangi zamin yaratadi.Ushbu hamkorlik Smart Classroom, Smart Security va Cloud Data kabi bir qancha muhim yo'nalishlarni ta'lim jarayoniga joriy etish bo'yicha amalga oshiriladi. Smart Classroom (aqlli sinf) konseptsiyasini amalga oshirish nafaqat o'quv jarayonini yaxshilashga, balki o'qituvchi va o'quvchilarning yanada samarali o'zaro munosabatni ta'minlaydigan muhitni yaratishga imkon beradi; Smart Security texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni himoya qila oladigan yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi;Cloud Data yo'nalishi ta'lim resurslarini boshqarish va tahlil qilish...

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi "Huawei Connect 2024" sammitida!

20.09.2024 717

2024 yil 19-21 sentabr kunlarida Shanxay shahrida "Huawei Connect 2024" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirda axborot texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida Markaz rahbariyati Huawei ekspertlari va boshqa soha rahbarlari bilan uchrashib, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarida Sun'iy intellektdan muvaffaqiyatli foydalanish misollari bilan tanishdilar.  Ishtirokchilarning ta'kidlashicha, Sun'iy intellektni joriy etish ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirishi, uni yanada qulayroq va har bir o'quvchining ehtiyojlariga moslashtirishi mumkin. O'zbekiston delegatsiyasi yangi texnologiyalarni mavjud ta'lim dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlarini faol muhokama qildi.

Shanxay fan va texnologiya universitetiga tashrif: ta'limni raqamlashtirish sari qadam!

20.09.2024 530

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda mahalliy universitetlar mas'ul xodimlari 19-21 sentabr kunlarida bo'lib o'tadigan "Huawei Connect 2024" tadbirida ishtirok etish maqsadida Shanxay shahriga tashrif buyurishdi! Bugun bizning delegatsiya Shanxay fan va texnologiyalar universitetida (USST) ta'lim sohasiga oid faol amalga oshirilayotgan bir qancha raqamli va innovatsion tashabbuslar bilan tanishib chiqishdi. Shanxay fan va texnologiya universitetida samarali va xavfsiz ta'lim muhitini yaratishga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalar tajribasini o'rganib chiqib, biz ham o'z ta'lim muhitimizni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu g'oyalarni qo'llashga intilamiz.

Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan memorandum imzolandi

10.09.2024 1048

Taʼlim sohasini innovatsion rivojlantirish yo'lida yana bir hamkorlik memorandumi imzolandi! Ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga intilish doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi  hamda O‘zbekiston Respublikasi taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish uchun yangi zamin yaratadi. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: Qo'shma faoliyatning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan mahalliy va xorijiy grantlarda ikkala muassasaning ishtirok etishi bo'ladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy qilish; Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; Axborot tizimlarini integratsiyalash, taʼlim platformalarini va ularning mobil ilovasini ishlab chiqishni tashkillashtirish; Ta'lim...

"EDU KIDS"

30.08.2024 855

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va ITSM hamkorligida ishlab chiqilgan "EDU KIDS" loyihasi bolalarga atrofdagi dunyoni o‘rganishga turtki bo‘lish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

Yangi O‘zbekiston ustozlari loyihasi

28.08.2024 1513

«Qizil», «sariq» va «yashil» toifadagi hududlardan pedagoglarning tajriba almashish loyihasi haqida hech eshitganmisiz? Yangi O'zbekiston ustozlari loyihasi o'qituvchilar o'z tajribalari, ish uslublari va yutuqlari bilan o'rtoqlashishiga ko'maklashadi. Bu nafaqat iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishga, balki bilim va ilg'or tajribalarni samarali almashish tarmog'ini yaratishga yordam beradi. Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari bu: - ta’lim sifati past, shuningdek, olis (qizil) hududda joylashgan maktablarda dars berish uchun ta’lim sifati yuqori bo‘lgan hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish;  - mazkur o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilishdir.

"Bolalar sayyorasi" multfilmi

27.08.2024 1563

Endilikda "Milliy ta'lim resurslari" YouTube  kanalida barcha kichkintoylarimiz uchun qiziqarli bo'lgan "Bolalar sayyorasi" multfilmini tomosha qilishingiz mumkin! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan "Bolalar sayyorasi" multfilmi ta'lim va ko'ngilochar mavzularga asoslangan.  

"Smartland" interaktiv platformasi

27.08.2024 1603

Aziz o'quvchilar! Yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin maktabda o‘zlashtirgan bilimlaringizni unutib qo‘ymadingizmi? Smartland interaktiv platformasi orqali o'z bilim darajangizni sinab ko'rishingiz mumkin! Platforma 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarga qaratilgan bo'lib, oddiy o'quv materiallarini qiziqarli o'yin vazifalariga aylantirish imkonini beradi. Ushbu platformada matematika, rus tili, chet tillari, tabiiy fanlar va boshqa ko'plab mavzular bo'yicha o'yinlar yaratilgan.  Smartland har bir o'quvchiga mos materialni topishga imkon beradi, chunki platforma yosh toifasi va murakkabligiga moslashtirilgan turli xil o'quv o'yinlaridan iborat.

Elektron shahodatnoma platformasi

29.07.2024 3693

Elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) Maktab ta’limi tizimidagi maktab bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirish maqsadida “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi yaratildi. Axborot tizimining funksiyasi: Elektron shahodatnomani yuklab olish, uni dublikatini olish, uning haqqoniyligini tekshirish va unda soʻnggi 6 yillik baholarini hamda oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan tanishish, shuningdek eksternat asosida imtihonga ariza taqdim etish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.  

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" dan yana bir loyiha

22.07.2024 2690

“O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan kasb.maktab.uz onlayn platformasi” bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz! Oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularning kelajakda munosib kasb egasi  boʻlishlariga koʻmaklashishga qaratilgan platforma.      ITSM ta'lim sohasida ilg'or texnologiyalardan foydalanishni rag'batlantiradi, innovatsion loyihalar joriy etishda to'xtamaydi.  

Ta'lim sohasidagi yana bir hamkorlik!

22.07.2024 2324

"Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" DUK  hamda "China Education Silk Road Education Technology" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!  Hamkorlik doirasida maktab o'quvchilariga Xitoy tili kurslarini joriy etish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu yondashuv nafaqat maktab o'quvchilarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytiradi, balki mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam ko'prik bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida o'quvchilar uchun onlayn IT kurslar tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bu kurslar o'quvchilarda axborot texnologiya ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

“O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish

19.07.2024 2493

Joriy yilning 19-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK hamda “O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi! Mazkur uchrashuv davomida maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, taʼlim sohasida raqamlashtirish, media-mahsulotlarini ishlab chiqish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko'zda tutildi.

Ta'lim yo'nalishida strategiya – bu ta'lim sifatini yaxshilash uchun uzoq muddatli maqsadlar va ularga erishish usullarini rejalashtirishdir.

18.07.2024 2718

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim tizimida ustuvorliklarni belgilash, chora-tadbirlarni ishlab chiqish, natijalarni baholash va kerak bo'lganda strategiyani o'zgartirishga ixtisoslashgan. Bizning markaz zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish,ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha strategik yondashadi. Yangi O‘zbekiston ustozlari axborot tizimi (ustozfondi.uz) - zamonaviy strategik tizimlardan biri bo'lib, ushbu tizim orqali taʼlim sifati past boʻlgan umumtaʼlim maktablarga taʼlim sifati yuqori boʻlgan hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilinadi.

Ta'limdagi innovatsiyalar: texnologiya orqali bilimga yo'l

12.07.2024 2808

Texnologiya zamonaviy ta'limda tobora muhim rol o'ynaydi, o'quv jarayonini boyitadi va uni o'quvchilar uchun yanada qulayroq va qiziqarli qiladi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim sohasida ilg'or texnologiyalardan foydalanishni rag'batlantiradi, innovatsion loyihalar joriy etishda to'xtamaydi.   Shunday loyihalardan biri bu "1-sinfga onlayn qabul- my.maktab.uz"  platformasi. 1-sinfga qabul tizimi onlayn rejimga o'tkazilgandan so'ng ushbu jarayon yanada optimallashtirildi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida biz o'rganishni qulay, interaktiv va shaxsiylashtiradigan texnologiyalarni amalga oshiramiz. Biz har bir inson joylashuvi yoki imkoniyatlaridan qat'i nazar, sifatli ta'lim va cheksiz ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlashga intilamiz.  

Innovatsiya zamonaviy ta'lim rivojlanishida muhim harakatlantiruvchi boshlanishdir.

12.07.2024 2714

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish yordamida  ta'limni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan loyihalar yaratiladi. Markaz hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan kashf etilgan platformasi shunday innovatsion loyihalar qatoriga kiradi. Ushbu platforma oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularning kelajakda munosib kasb egasi boʻlishlariga koʻmaklashishga qaratilgan.

Sizlarni 30-iyun - Yoshlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

30.06.2024 3071

Aziz yoshlar, Sizlarni bugungi bayramingiz 30-iyun - Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! Siz yurtimizning mustahkam ishonchi, maqsadga intiluvchan yorug’ kelajagi, ertamizning umidisiz! O’zbekistonimizning yangidan-yangi marralarini zabt etishingizda sizlarga ulkan zafarlar, kuch-g’ayrat, shijoat, baxt va oilaviy farovonlik tilab qolamiz! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!

Call-markazga eng ko'p tushayotgan savollarga javoblar

28.06.2024 2946

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi? - Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.  Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari  uchun ham taalluqlidir. Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi. Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin? - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq,  ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta...

Bugun O’zbekistonda 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanmoqda.

27.06.2024 3095

Ushbu soha vakillarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hurmat bilan, "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi"!

Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi ishga tushirildi.

20.06.2024 3257

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

11.06.2024 3190

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.