Yangiliklar

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiya “Zamonaviy o‘qituvchi obrazi: mahorat, pedagogik texnologiyalar va professional imidj” mavzusiga bag‘ishlandi

10.10.2022 194

Anjumanda asosiy e’tibor “Zamonaviy o‘qituvchi obrazini yarata olgan ustozlar faoliyatini onlayn treninglar, kollokviumlar orqali ommalashtirirsh”ga qaratildi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilariga “Zamonaviy pedagogikada motivatsiya”, “Zamonaviy o‘qituvchi takti va axloqiy me’yorlari”, “Zamonaviy o‘qituvchining kreativlik komponentlari” kabi mavzulardagi ma’ruzalar doirasida tavsiyalar berildi.

O‘qituvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual klubining tumanlararo musobaqasi bo‘lib o‘tdi

07.10.2022 191

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining Toshkent shahar bo‘limi va “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining 4 ta tumanidan yig‘ilgan 60 nafardan iborat o‘qituvchilar uchun “Zakovat” tumanlararo musobaqasi tashkil etildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga assotsiatsiyaning Toshkent shahar raisi Q. Shanazarova tomonidan 1-o‘ringa 9 million so‘m, 2-o‘ringa 6 million so‘m hamda 3-o‘ringa 3 million so‘m pul mukofotlari topshirildi. Shu bilan birga shahardagi barcha o‘qituvchilarni assotsiatsiya tomonidan tashkillashtiriladigan tadbirlarga jalb qilish, faoliyatini ommalashtirish, o‘z mavqeini hamda aʼzolar sonini oshirish bo‘yicha tashviqot ishlari olib borildi.

“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Olg‘a ustozlar!” marafoni tashkil etildi

06.10.2022 171

Marafon dasturida 120 nafar Toshkent shahar maktablari o‘qituvchilari va metodistlari hamda Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirok etdilar.  Ushbu marafon “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasidagi o‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilga belgilangan grantlari asosida, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi. “Olg’a ustozlar” marafonida marraga 1-bo‘lib yetib kelgan g‘olibga noutbuk,  2-o‘rin sohibasiga “Smart” televizor va 3-o‘ringa zamonaviy velosiped hamda faol ustozlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

ITSM hamda IFLYTEK o‘rtasida Memorandum imzolandi

03.10.2022 149

Sun’iy intellekt yo‘nalishiga ixtisoslashgan “IFLYTEK” xitoy kompaniyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi o‘rtasida, yurtimiz maktablarining texnologik imkoniyatlarini oshirish hamda xitoy tilini samarali o‘rgatish maqsadida maxsus dastur yaratish bo‘yicha Memorandum imzolandi.  Memorandum imzolash tadbiri onlayn formatida o‘tkazilib, tomonlar uni hayotga tadbiq etish yo‘llari hamda bosqichlari haqida kelishib oldilar.  Xususan, ushbu Memorandumga asosan, “IFLYTEK” kompaniyasi o‘zbekistonlik o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar “Smart Education” xalqaro Xitoy platformasidan bepul foydalanishlari uchun 1000 tagacha akkauntlarni shakllantirishga mas’ulligi ta’kidlab o’tildi.

“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan, aziz va muxtarama ustoz hamda murabbiylar uchun maxsus video tabrik!

01.10.2022 204

#Xushxabar!

30.09.2022 216

Yanada ko'proq kontentlar faqatgina “Milliy ta’lim resurslari” youtube kanali hamda maktab.uz saytida!!!!  Havolaga tezroq o'ting va yangi kontentlarni mutlaqo bepul tomosha qilishni boshlang. Aytgancha obuna bo'lishni unutmang. Hali hammasi oldinda  

“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”

30.09.2022 168

Har bir inson bu dunyoga kelibdiki, unga taqdirning o‘zi, yozib qo‘yilgan past-baland, achchiq va shirin haqiqatlari bilan, bilimlari bilan umrining oxiriga qadar saboq berishda davom etadi.  Ota-ona farzandining ruhini tarbiyalasa, o‘qituvchi ana shu bolada shaxsni shakllantiradi. Har bir shaxs ulg‘ayar ekan, uning bolalik chog‘larida unda shaxsni shakllantirgan o‘sha o‘qituvchisining siymosi, o‘gitlari, mehnati va mashaqqati namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, ustoz – deya atalmish fidoiy kasb egalari, hamisha tarbiyamizda, saviyamizda, shaxsimizda, ongimizda chuqur va beqiyos joy egallaydi.  Aziz ustozlar, sizlarga hurmatimiz cheksizdir! Bergan hayot tarbiyangiz uchun, har bir mashaqqatingiz, mehringiz, vaqtingiz, bilimingiz uchun chuqur ta'zimdamiz!

“Maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

28.09.2022 256

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasining Farg‘ona viloyat bo‘limining brinchi seminar-triningi bo‘lib o‘tdi. Trening Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan, «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi o‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilga belgilangan grantlari asosida Farg‘ona shahrida, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi hamda “Farg‘ona viloyatida maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlandi. Seminar-treningda 70 nafar Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari maktab psixologlari va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha metodistlari hamda Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdilar. “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi M.Mamadaliyeva va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi...

Xalq ta’limi vazirligi taqdim etadi!

23.09.2022 217

Siz kutgan yangi elektron kontentlar!   TEZ KUNDA!  

“AI for Girls” o‘quv inkubatori doirasidagi “Iqlim o‘zgarishi” mavzusiga bag‘ishlangan loyihalar tanlovi g‘olibi aniqlandi

22.09.2022 192

22-sentyabr kuni Toshkent shahridagi zamonaviy IT-Park binosida  “AI for Girls” o‘quv inkubatori doirasida bo‘lib o‘tgan treningni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchi qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

“AI for Girls” o‘quv inkubatoriga bag‘ishlangan tadbiridan video lavha

21.09.2022 201

Xabarigiz bor, “AI for Girls” o‘quv inkubatori doirasida maktab yoshidagi qizlar uchun IT hamda innovatsiya sohalarida bilimlarini oshirishga qaratilgan maxsus trening tashkil etilishi haqida ma’lum qilingan edi va kuni kecha ana shu treningga start berilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.    Tadbir haqida batafsil quyidagi video lavhamizda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

“AI for Girls” Mahalliy OAV nigohida

20.09.2022 203

Bugun, 20-sentabrdan boshlangan “AI for Girls” o‘quv inkubatorining uch kunlik treningi haqida “OVOZA” informatsion dasturida ham video lavha taqdim etildi.  Ushbu lavhada asosiy e’tibor, ta’lim sohasida qizlarga berilayotgan imtiyozlar hamda sharoitlar haqida so’z bordi. Jumladan, jamiyatimizdagi barcha ayol va qizlar savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini kengaytirishga qaratilayotgan davlat siyosatining yaqqol misoli tariqasida, IT hamda innovatsiya sohalarida maktab yoshidagi qizlar bilimini oshirishga mo‘ljallangan maxsus “AI for Girls” o‘quv inkubatori keltirib o‘tildi.

“AI for Girls” treningiga start berildi

19.09.2022 179

19-sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Frankfort” mehmonxonasi konferensiyalar zalida “AI for Girls” o‘quv inkubatoriga start berildi.  “AI for Girls” o‘quv inkubatori – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkiyaning Bahcheshehir universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, maktab o‘quvchilari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar talaba qizlarining dasturlash asoslari hamda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malakalarini oshirishga mo‘ljallangan.   3 kun davom etishi rejalashtirilgan trening darslari Toshkent shahridagi zamonaviy IT-Park hududida bo‘lib o‘tadi, unda mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 14-18 yosh oralig‘idagi umumta’lim maktablarining 20 nafar o‘quvchi qizlari ishtirok etadilar.  Mahorat darslari Bahcheshehir universiteti...

ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti "AI for Girls" treningiga start beradi

30.08.2022 271

ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “AI for Girls” oʻquv inkubatoriga tez orada arizalar qabul qilinishini eʼlon qiladi. Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi yosh qizlar o‘rtasida sun'iy intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. O'quv inkubatori 19-22-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Trening maktab o'quvchilari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar talaba qizlari uchun mo'ljallangan. Tanlov mezonlari: dasturlash algoritmlari asoslari, Scratch va ingliz tilini bilish. Yangiliklarni kuzatib boring.

O‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi hududiy assotsiatsiyalarning 2022-yilgi grantlar tanlovining natijasini e’lon qilamiz

24.08.2022 343

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi 2022-yilgi grantlar bo‘yicha kelib tushgan takliflar natijasini e’lon qiladi. Jumladan, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi Samarqand viloyati bo‘limi, Qoraqalog‘iston Respublikasi bo‘limi, Toshkent viloyati bo‘limi, Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda Toshkent shahar bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan takliflar, xususan ularning o‘qituvchilar assotsiatsiyasining brendini yaratish va ommalashtirish, umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilarini uyushma faoliyatiga jalb qilish shuningdek o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, xalqaro tajribalarni o’rganish hamda ozida tatbiq qilish va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shish va o‘qituvchilar uchun muhim mavzularni yoritib berishga qaratilgan seminar va treninglar bo...

Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi rahbariyati ishtirokida “Planet one group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

12.08.2022 317

  “Planet one group” kompaniyasi maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta taʼlim va kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, ilg‘or tajriba markazlari va professional taʼlimga ixtisoslashgan maktablarni tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘quv markazlari uchun alohida kontent va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga doir takliflarni taqdim etdi. Shu o‘rinda Xalq taʼlimi sohasini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “maktab.uz”, “Edukids”, “Smartland”, “VR-sayohat” va boshqa innovatsion loyihalar haqida maʼlumot berildi. Uchrashuv yakunida yangi, zamon talabiga mos keladigan progressiv loyihalarni o‘zaro hamkorlik asosida yaratish rejalashtirishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

ITSM O‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi hududiy assotsiatsiyalar uchun grantlarni e’lon qiladi

01.08.2022 460

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilgi grantlar bo‘yicha takliflarni qabul qilishini e’lon qiladi! Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi. Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tabiiy fanlar, texnologiya va ilm” uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

25.07.2022 352

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining STEAM taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan xususiy maktablar vakillari uchun o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan kitobda tasvirlangan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan zamonaviy o‘quv qo‘llanmasi yuzasidan fikr almashdilar.

Taʼlim sohasini innovatsion rivojlantirish yo‘lida yangi qadam!

19.07.2022 494

Joriy yilning 19-iyul kuni “IT Park”da o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” o‘rtasida o‘zaro tenglik va manfaat tamoyillarini inobatga olgan holda xalq ta’limi sohasini yanada rivojlantirish va hamkorlikda raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida tadqiqotlar olib borish maqsadida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushrashuv davomida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining bosh direktori Abduvali Haydarov joriy etilayotgan zamonaviy ta’lim uslublari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini hamda yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Raqamli...

ITSM jamoasi barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi!

09.07.2022 347

Xonadoningizga qut-baraka, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Yurtimiz obod, hayotimiz doimo huzur-halovatli, xalqimiz omon bo‘lsin!