Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi
05.11.2021
3406
Kimyo, fizika va biologiya fani bo‘yicha respublikamiz oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi
Joriy yilning 5-noyabr kuni, poytaxtimizning 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida STEM ta’limini rivojlantirish maqsadida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishga oid oʻquv-trening boshlandi.
Trening Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ochilish marosimida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish boshqarmasi boshligʻi Laziz Xo‘jakulov hamda sohaga doir qator mutaxassislar ishtirok etishdi.
4 kunlik oʻquv-treningda STEM ta’limini joriy etish...