Yangiliklar

Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari o‘tkazayotgan seminar-treninglar ro‘yxati bilan to‘liq tanishing

10.03.2021 1992

Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining bir qator boshqarma va bo’limlari hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan “Xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarni joylarda amaliyotga tatbiq etish” mavzusida navbatdagi seminar-treninglarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida tashkillashtirmoqda. Jumladan: Qoraqalpog’iston Respublikasi: 11-mart kuni soat 10:00 da Mo’ynoq tumani 2-sonli umumta’lim maktabida; 11-mart kuni soat 15:00 da Qo’ng’irot tumani 36-sonli umumta’lim maktabida; 12-mart kuni soat 10:00 da Ellikqal’a tumani Bo’ston axborot kommunikatsiya texnikumida seminar-treninglar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Xorazm viloyati: 12-mart kuni soat 15:00 da Xiva shahri Ogahiy ijod maktabida; 13-mart kuni soat 9:00 da Urganch shahri 5-sonli umumta’lim maktabida; 13-mart kuni soat 15:00 da Bog’ot tumani 14-sonli musiqa maktabida; 14-mart kuni soat 10:00 da Shovot...

Yaponiyaning JICA tashkiloti pandemiya oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashmoqda

12.02.2021 2011

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida xalq ta’limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, pandemiya davrida o‘quvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘qituvchilari salohiyatini oshirish va ta’limdagi tengsizlikni kamaytirish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida “COVID-19 pandemiyasi davrida o‘qituvchilarning xalq ta’limi tizimidagi muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida, har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 10 nafardan (jami 140) o‘qituvchilar saralab olindi. O‘qituvchilarning har biriga JICA tomonidan beg‘araz ajratilgan noutbuk, router va alohida sim-kartalar tarqatildi.  Shuningdek, har bir viloyatga mas’ul mutaxassislar ajratilib texnik jamlamalardan o‘quv dasturi davomida to‘g‘ri foydalanish bo'yicha tegishli ma’lumotlar berildi.Ushbu o‘qituvchilarning har biriga,...

Endi Jizzax shahrida AKTga ixtisoslashtirilgan maktab mavjud

09.02.2021 2729

Kuni kecha, Jizzax shahrida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 8-maktabining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, “Unitel” MChJ va Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.  Maktabni zamonaviy ta’mirlanib 8 ta sinf xonasi — informatika, robototexnika, kibersport, matematika, ingliz tili, raqamli kutubxona, o‘qituvchilar xonasi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Jami mahalliy davlat byudjetidan salkam 1 mlrd.ga yaqin mablag‘ sarf etildi. Ochilish marosimi davomida Rustam Karimjonov “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Eng yaxshi informatika fani o‘qituvchisi” “Top-100” taligiga kirgan 4 nafar o‘qituvchiga sertifikat va...

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi (UBTIC) 25-yig‘ilishi haqida

05.02.2021 1918

Joriy yilning 3-4 fevral kunlari O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hukumatlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi (UBTIC) 25-yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir Buyuk Britaniyaning Xalqaro savdo bo‘yicha vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi.  Ma’lumot uchun: 2019-yilda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik bitimi imzolangan edi. Bu Buyuk Britaniya tomonidan Markaziy Osiyo davlati bilan imzolangan dastlabki kelishuvlardan biridir. Ushbu bitim Buyuk Britaniya va O‘zbekiston bir-biriga savdo qilish uchun qulaylik yaratishni davom ettirishlarini kafolatlaydi.  Tadbir qayta tiklanadigan energiya manbalari, moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqishga qaratildi. Uchrashuvda...

ITSM va Webster universiteti o'rtasida memorandum imzolandi

02.02.2021 2335

Bugun, 2-fevral kuni Xalq ta’limi vazrligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” (ITSM) va Toshkentdagi Webster Universiteti (Webster) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandum imzolandi. Uchrashuv doirasida tomonlar quyidagi yo’nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish bo’yicha kelishuvga erishdilar: -  ITSM da Webster talabalari amaliyot o’tashlari uchun imkoniyatlar yaratish; -  Bo'sh ish o’rinlari haqida ma'lumot berish; -  "Yetakchilar bilan suhbat" loyihasi doirasida ish safarlari va ITSM rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkillashtirish; -  "Webster uchun maslahat” loyihasini amalga oshirish; -  Webster talabalarini ITSM loyihalariga jalb qilish; -  Qo'shma tadbirlar, loyiha, seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkillashtirish; -  ITSM xodimlari uchun Websterning MBA dasturi doirasida bepul Michigan English Test (MET) test sinovlarini o'tkazish; va boshqa xalqa ta'limiga oid...

Shayxontohur tumanidagi umumta’lim maktablar AKTni rivojlantirish drayveriga aylantiriladi

18.01.2021 2616

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Shayxontohur tumani maktablari misolida respublikaning barcha umumta’lim maktablarida AKTni rivojlantirish strategiyasini tajribadan o‘tkazish ishlari bilan tanishdi.  Ishchi guruh tumandagi 20-maktabning pedagog xodimlari va maktab ma’muriyati bilan birgalikda quyidagi masalalarni muhokama qildi: Maktablarda AKT infratuzilmasini yaxshilash borasida:  •  Maktabga yuqori tezlikdagi Internet infratuzilmasini olib kelish •  Maktabning ichki lokal tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish (informatika xonasiga hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari xonasiga lokal tarmoq tizimini joriy qilish, o‘qituvchilar xonasiga wi-fi qurilmalarini o‘rnatish)  •  Informatika sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash  ✅Informatika fani darsliklarini zamon talablariga mos tarzda yangilash;  ✅Maktablarda xalq ta’limi tizimini boshqarish (ERP) va boshqa elektron tizimlarini joriy...

Diqqat tanlov!

21.12.2020 1837

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun televideniye orqali xabardorlikni oshirish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi. Televideniye orqali xabardorlik kampaniyasi o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish mavzularida bo’lishi lozim. Tanlovda televideniye orqali xabardorlik kampaniyalarini amalga oshirish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 28-dekabrgacha qabul qilinadi. Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari...

"Bir million O'zbek dasturchilar" loyihasi bir yilligini nishonlash marosimi bo'lib o'tdi

18.12.2020 2403

Online tarzda bo'lib o'tgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi, Dubai Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov va boshqalar ishtirok etishdi. Marosimni kirish so'zi bilan  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi. Bosh vazir barchani "Bir million O'zbek dasturchilar" loyihasining bir yilligi bilan tabriklab, loyiha ushbu vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganligi haqida to'xtalib o'tdi. -Bugungi kunda 120 000 nafardan ortiq yoshlarimiz platformada ro'yxatdan o'tib, ta'lim olmoqdalar. Ulardan 21 000 nafarlari platformadagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarga ega bo'ldilar. Loyiha imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2000 dan...

“Ustoz 2020” milliy mukofoti g‘oliblari aniqlandi

16.12.2020 2868

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba eng yaxshi o‘qituvchini aniqlash bo‘yicha tanlov nodavlat tashkilot tomonidan tashkil etildi – “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi tomonidan oktyabr oyida e’lon qilingan “Ustoz 2020” milliy mukofotining taqdirlash marosimi 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi ko‘magida tashkil etilgan va loyihaning dastlabki grantchisi hisoblanadi. Global Teacher Prize tashkilotchisi Varkey Foundation bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ustoz 2020” tanlovi xalqaro tajribaga asoslanib, shu paytgacha o‘tkazib kelingan “Eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovidan tubdan farqli ko‘rinishda tashkil etildi. Nominatsiyalar turli fanlarga emas, balki...

Diqqat tanlov!

15.12.2020 1716

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun internet orqali xabardorlikni oshirish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi. Internet orqali xabardorlik kampaniyasi o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish mavzularida bo’lishi lozim. Tanlovda internet orqali xabardorlik kampaniyalarini amalga oshirish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 21-dekabrgacha qabul qilinadi. Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari...

YUNESKO tashabbusi bilan 130 ta bolalar kitobi o'zbek tilida nashr etildi

14.12.2020 2273

"Hikoyani tarjima qiling" (Translate a Story) loyihasi doirasida YUNESKO Xalq ta'limi vazirligi va Norvegiyaning rivojlanish agentligi (Norad) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitoblarni o'zbek tiliga tarjima qilindi.  Ushbu loyihaning birinchi muvaffaqiyati haqida fikr almashishi maqsadida kuni kecha Xalq ta'limi vazirligi, YUNESKO va Norad vakillari ishtirokida onlayn muloqot tadbiri bo'lib o'tdi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi jamoasi tomonidan tarjima qilingan kitoblar Global raqamli kutubxonaga (Global Digital Library - GDL) taqdim etildi.  Badiiy hikoyalarni bog’cha va maktab yoshidagi bolalar o`qishi tavsiya qilinmoqda.   "Hikoyani tarjima qiling" - Norad, GDL, Global Book Alliance (GBA), BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi (UNHCR) va boshqalar bilan hamkorligida...

Diqqat tanlov!

07.12.2020 2055

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar va ularning assotsiatsiyalari uchun onlayn platforma ishlab chiqish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi. Onlayn platformada o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish bo’yicha ma’lumotlar olish, ruhshunos va huquqshunoslardan onlayn maslahat olish, o’zlari istagan va platformaga qo’shilgan assotsiatsiyalardan biriga a’zo bo’lish, assotsiatsiyalar uchun esa subdomen orqali o’z saytiga ega bo’lish imkoniyati bo’lishi lozim. Tanlovda onlayn platformalarni ishlab chiqish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari...

Diqqat tanlov!

01.12.2020 1872

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun seminar-trening tashkillashtirish ishlari uchun tanlov e’lon qiladi. Seminar-trening oʻqituvchilik kasbining psixologik xususiyatlari hamda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi mavzularida oʻtkazilishi lozim. Tanlovda tadbirlar va treninglar tashkillashtirish boʻyicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 7-dekabrgacha qabul qilinadi.  Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning...

O‘quvchilarning kasb tanlashi uchun 4 omil

24.11.2020 3291

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida Toshkent shahridagi 129-sonli maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “To‘g‘ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda vazirlik vakillari, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan metodist-psixologlar, maktabning amaliyotchi psixologlari hamda texnologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Unda: •  o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish; •  tanlangan kasb bo‘yicha tegishli fanlarni o‘zlashtirish; •  8-9-sinflarda qiziqishlar bo‘yicha aniq kasb tanlash; •  10-11-sinflarda tanlangan kasb bo‘yicha ishlab chiqarish yoki tashkilotlarda amaliyot o‘tash omillari haqida tushunchalar berildi. Seminar-trening so‘ngida kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari, mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflar muhokama qilindi. Seminar-trening taqdimoti

Amity University Tashkent talabalarining kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish bo’yicha memorandum imzolandi 

20.11.2020 1995

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) hamda Amity University Tashkent o'rtasida o'zaro faoliyat va hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. ITSM hamda Amity University Tashkent rahbariyatlari tomonidan imzolangan memorandumda  Amity University Tashkent talabalarining bilim va kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish borasida hamkorlik qilish ko’zda tutilgan. Uzoq va qisqa muddatli amaliyot o'tganlaridan keyin universitet talabalari Markazga ishga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, o'zaro hamkorlik doirasida xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar hamda ijodiy izlanishlarni rag'batlantirish rejalashtirilgan.

Xalq ta’limi vazirligida notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

07.11.2020 1937

Xalq ta’limi vazirligida vazirlik hamda “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK xodimlari uchun Notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-trening xodimlarda ilmiy salohiyat, kasbiy etika, o‘zaro muloqot va minbardan turib gapirish madaniyatini oshirishga qaratilgan. – bugungi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan “Uchinchi renessans”ni amalga oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar va ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Davlat dasturining ijrosini ta’minlash eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, – dedi seminar treneri Sanjar Shukurov - Tadbir doirasida ta’lim tizimi sifatini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda zamonaviy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish, ta’limda raqamli texnologiyalarning o‘rni keng muhokama qilindi. Treningda Sanjar Shukurov Yangi O‘zbekistonda “Yangi o‘zbek”, “Millatim boshqa bo‘lsada, men O‘zbekistonlikman”...

50 nafar xalq ta'limi o'qituvchi va o'quvchilari noutbuk bilan taqdirlandilar

18.10.2020 3030

Oktyabr oyi boshida kurslarda faol ishtirok etib, xalqaro  sertifikatlar ega bo‘lgan o’qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilarining 15 nafar g'olib sifatida taqdirlangan edi. Bu safar g'oliblar Coursera ta'lim platformasidagi xalqaro darajadagi kurslarda faol ishtirok etayotganlar — o'qib tamomlagan sertifikatlar soni, kurslarining qiyinlik darajasi, darslarda 100 foiz qatnashganligi bo’yicha 50 nafari zamonaviy notebooklar bilan taqdirlandi.  Hozirgi kunga qadar Хalq ta’limi tizimining 13 mingga yaqin o‘qituvchi va o‘quvchilar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tib, ular jami 60 mingga yaqin kurslarni o‘qishdi, 130 ming soatlik 250 mingga yaqin darslarda qatnashishdi. Respublika kesimida Navoiy viloyatidan – 14 nafar, Sirdaryo viloyatidan 5, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar va boshqa...

Coursera online malaka oshirish kurslarida faol bo‘lgan yana 50 nafar g‘olib taqdirlanadi

16.10.2020 3602

Courseraning navbatdagi sovrindorlar ro'yxati:  

LUKOYL Buxoro va Qarshi maktablarida robototexnika to‘garaklarni tashkil etish loyihasini moliyalashtirdi

13.10.2020 2682

Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda avtomatlashtirish va robot xizmatlari kengayib borayotgani hamda ular eng qiyin vazifalarni ham amalga oshirayotgani kelajakda zamonaviy kasb va mutaxassislarga talab ortib borishidan dalolat beradi. Yoshlarni zamonaviy va kelajak kasblariga yo‘naltirish davlatimiz tomonidan ta’lim sohasidagi ustuvor vazifa etib belgilangan. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Yangi o‘quv yilida “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” kompaniyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda hududlarda ixtisoslashtirilgan sinflar va robototexnika kurslarini yaratish loyihasiga start berildi.  Kuni kecha Qarshi...

STEM ta’limi rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan video-seminarda Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorliklarga to‘xtalib o‘tdi

10.10.2020 1827

- O‘zbekistonning yaqin tarixiga qaraydigan bo‘lsak, Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng, respublika aholi soni 16 millionga o‘sdi. Albatta, bu o‘sishning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli, hozirgi kunda bizning asosiy maqsadimiz, shu yoshlarning ishga joylashishi hamda zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlashdir. Vazir OTB bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan STEM ta’limi va ta’lim texnologiyalarni umumta’lim maktablariga joriy etish loyihalarining o‘rni va ahamiyati katta ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tdi. “Bugungi kunga kelib, sanoat 4.0, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va an’anaviy kasblar kelajagi to‘g‘risida juda ko‘p muhokamalar olib borilmoqda. Bularning barchasi moslashuvchanlik, har tomonlama rivojlanish va yuqori samaradorlikni talab qiladi”. Sherzod Shermatov, o‘z nutqi yakunida mazkur video-seminarni...