ITSM va Huawei kompaniyasi o’rtasida memorandum imzolandi!

03.10.2024

1002

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim sohasida eng yangi texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish yo'lida muhim qadamlar qo'ymoqda. Ushbu jarayon doirasida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa qo'shma loyihalar va tashabbuslar uchun yangi zamin yaratadi.Ushbu hamkorlik Smart Classroom, Smart Security va Cloud Data kabi bir qancha muhim yo'nalishlarni ta'lim jarayoniga joriy etish bo'yicha amalga oshiriladi. Smart Classroom (aqlli sinf) konseptsiyasini amalga oshirish nafaqat o'quv jarayonini yaxshilashga, balki o'qituvchi va o'quvchilarning yanada samarali o'zaro munosabatni ta'minlaydigan muhitni yaratishga imkon beradi; Smart Security texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni himoya qila oladigan yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi;Cloud Data yo'nalishi ta'lim resurslarini boshqarish va tahlil qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.Huawei kompaniyasi bilan memorandumning imzolanishi ta'lim sohasini modernizatsiya qilish yo'lining boshlanishini anglatadi va biz birgalikda yanada innovatsion, xavfsiz va samarali ta'lim muhitini yaratishga umid qilamiz.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin