Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan memorandum imzolandi

10.09.2024

1051

Taʼlim sohasini innovatsion rivojlantirish yo'lida yana bir hamkorlik memorandumi imzolandi!

Ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga intilish doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi  hamda O‘zbekiston Respublikasi taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish uchun yangi zamin yaratadi.

Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari:

Qo'shma faoliyatning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan mahalliy va xorijiy grantlarda ikkala muassasaning ishtirok etishi bo'ladi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy qilish;

Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

Axborot tizimlarini integratsiyalash, taʼlim platformalarini va ularning mobil ilovasini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

Ta'lim resurslari talablarini ishlab chiqish: bu ta'limning so'nggi tendentsiyalariga mos keladigan samarali va zamonaviy o'quv vositalarini yaratish uchun zarurdir. 

Memorandumning imzolanishi ilmiy tadqiqotlarni birlashtirish va ularning natijalarini ta'lim sohasida amaliy qo'llash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Ushbu hamkorlik mamlakatda ta'lim darajasini yangi bosqichga ko'tarib, yangi g'oyalar va innovatsion yechimlarga eshik ochishi kutilmoqda.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin