Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi "Huawei Connect 2024" sammitida!

20.09.2024

1244

2024 yil 19-21 sentabr kunlarida Shanxay shahrida "Huawei Connect 2024" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirda axborot texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida Markaz rahbariyati Huawei ekspertlari va boshqa soha rahbarlari bilan uchrashib, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarida Sun'iy intellektdan muvaffaqiyatli foydalanish misollari bilan tanishdilar. 
Ishtirokchilarning ta'kidlashicha, Sun'iy intellektni joriy etish ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirishi, uni yanada qulayroq va har bir o'quvchining ehtiyojlariga moslashtirishi mumkin.

O'zbekiston delegatsiyasi yangi texnologiyalarni mavjud ta'lim dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlarini faol muhokama qildi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin