Call-markazga eng ko'p tushayotgan savollarga javoblar

28.06.2024

3872

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi?

- Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.  Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari  uchun ham taalluqlidir. Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin?

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq,  ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta taʼlim maktabi mikrohudud sifatida biriktirib beriladi.

Men farzandimni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga emas, ish joyimga yaqin bo‘lgan maktabga joylashtirsam bo‘ladimi? 

 - Albatta, buning uchun 1-avgustdan keyin Siz mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha tanlagan maktabingizga farzandingizni joylashtirish uchun ariza bilan (elektron qabul amalga oshirilayotgan hududlarda elektron tizim orqali) murojaat etishingiz mumkin. Bunda, tanlagan maktabingizda o‘quvchi o‘rni, malakali pedagoglar bilan taʼminlaganligi, sinf xonalarning o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, qabul jarayoni amalga oshiriladi. O’quvchi o’rniga nisbatan taʼlim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda mikrohududdan tashqari qabul amalga oshirilmasligi mumkin. Bunday holatlarda hududiy boshqaruv idoralari Sizga yaqin hududdagi boshqa maktablarni tavsiya etadi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin