Eng yaxshi investitsiya – bu ta’limga qilingan investitsiya!
Aziz o‘quvchilar! Har birimiz hayotimiz davomida o‘zimizga «men kelajakda kim bo‘laman, buning uchun qaysi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishim kerak va qayerda o‘qisam bo‘ladi?» kabi savollar bilan bosh qotiramiz. Albatta har birimiz ota-onamizning suyanchi va tayanchi, shu bilan bir qatorda tengdoshlarimiz orasida ma’lum muvaffaqiyatga erishgan inson bo‘lishni istaymiz. Jamiyat va hayotdagi yangidan-yangi trend va rivojlanish, mehnat bozori va ish beruvchilari tomonidan talab qilinayotgan ko‘nikma va bilimlar, hattoki nufuzli universitetlar tomonidan so‘ralayotgan portfolio tarkibi o‘z ustimizda tinmasdan ishlashga, yanada yangi bilimlarni egallashni talab etadi. Bilim olish uchun odatda maktab, kutubxona, o‘quv markazi yoki repetitorga boramiz, lekin shular qatorida so‘nggi 10 yil davomida butun dunyoda tobora mashhur bo‘layotgan mutlaqo bepul, lekin mashhur universitet va kompaniyalar tomonidan tayyorlangan kurslar bor. Ular butun dunyoda tan olingan bo‘lib, ulardan Sizlarning xorijdagi tengdoshlaringiz allaqachon samarali foydalanib kelmoqda. Bizning jamoamiz O‘zbekistonlik yuqori sinf o‘quvchilari uchun eng ommabop va qulay, sun’iy intellekt, internet savdosi, dasturlash, dizayn, biznes va moliya, audit, horijiy til va ko‘plab kelajak kasblariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan 4300 dan ortiq Coursera onlayn kurslarida bepul ta’lim olish imkoniyatini yaratdi. Shoshiling, kurslarga yoziling va xayotingizda o‘z yo‘lingizni topib muvaffaqiyatga erishishga xizmat qiladigan Johns Hopkins, Stanford, Duke, Illinois, Arizona, London Imperial College kabi xalqaro universitetlar yoki Cisco, Google, IBM kabi IT-kompaniyalarning sertifikatlariga ega bo‘ling. Buning uchun quyidagi havola orqali ariza to‘ldirishga 2-3 daqiqa vaqtingizni ajrating va yangi bilimlar dunyosidan zavqlaning. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdylY0Nhjvx4H1G_hI93DHcSKDa-IWGT8jifkEnELgqlK9Vig/viewform?usp=send_form Sizlarga omad va yangidan-yangi yutuqlar tilagan holda, XTV jamoasi
BatafsilLoyiha vazifalari Virtual maktabni yaratish – navigatsiya hamda turkumlar bo‘yicha izlash vositalari bilan jihozlangan turli kitoblar, jurnallar, o‘quv qo‘llanmalardan iborat tartibga solingan kollektsiya; Virtual kutubxonani yaratish – pedagogik jarayon hamda talabalar/o‘quvchilarni gadjetlardan foydalangan holda o‘qitishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasasi; Online-o‘qitish tizimini yaratish hamda IT kurslaridan foydalanish – dunyo bo‘ylab 24/7 turli fanlar bo‘yicha o‘qitish materiallarining ulkan jamlanmasi; O‘quvchi o‘zlashtirish ko‘rsatkichining onlayn statistikasi – maktab muassasalarida ommaviy statistik ma’lumotlarni to‘plash, o‘lchash, monitoring va tahlil qilishning umumiy masalalari yoritilgan bilimlarni baholash; Onlayn ballar (baho) – vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish orqali bonus sifatida Coin (ichki valyuta)ga almashtirish imkoni yaratilgan. Taqdimotlar: Raqamlashish ta'lim tizimini faol qamrab olmoqda Edu Market - interfaol-virtual ta'lim platformasi Edu Market - ochilish marosimi taqdimoti (на русском)
BatafsilDavlat xususiy sheriklik veb-portali Xalq ta'limi sohasida davlat va biznes o'rtasidagi sherikchilik uchun shart-sharoitlar yaratish, DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun ularning potentsialini ishlab chiqish va birlashtirish hamda mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida markaz tomonidan Davlat xususiy sheriklik veb-portali yaratildi. Portalning asosiy imkoniyatlari: - DXSh loyihalarini tender o'tkazish va amalga oshirish uchun yagona platforma; - mavjud barcha nodavlat umumta'lim maktablari ma'lumotlarini birlashtirish; - yagona portalda DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun ma'lumot bo'limlari va e'lon qilingan ob'yektlardan foydalangan holda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish; - kerakli ma'lumotlarni osongina olish uchun optimallashtirilgan portalni yaratish orqali manfaatdor tadbirkorlar oqimini 50 foizga oshirish.
BatafsilPROJECT OVERVIEW The Ministry of Public Education of the Republic of Uzbekistan is committed to further develop the education system and implement a unified state policy in the field of general secondary and extracurricular education in Uzbekistan. To accomplish the plan's development of the Public Education System of the Republic of Uzbekistan, special task has been assigned to establish International Pedagogical University in Tashkent in Fall 2020. Active negotiations are being held with persons from foreign countries (such as the United States of America, UK, Australia, etc.). The new UNIVERSITY will open up enormous opportunities for future specialists, as well as school principals in the field of education, such as: - Professional Graduate and Undergraduate Programs - Degrees for Early Education - Teaching with New System - Social Studies and Special Instructions - Pedagogical Improvements - Public Education Development Programs - International Partnership - Scientific Researches - International Teacher and Student Exchange programs Tashkent International University of Education (TIUE) will be the fundament for the new future of Uzbekistan, on changes of social, economic, infrastructural and educational sectors. As we know that USA, European, and other developed Asian counties focus on the improvement of education with specialized learning, teaching, using new data systems, laboratory inventory, scientific research, and with experience exchange programs internationally. STATISTICAL VISION Based on statistics of Ministry of Public Education there are shortage of more than 11,000 places are existing all around the country, and all those places need well-educated teachers who can bring perspectives, fulfil and develop learning areas. Moreover, adding value to our education platforms are not raising to the level needed. At the same time more than 66,000 teachers are teaching in schools without significant facilitated challenges who do not have highly qualified degrees.
BatafsilMarkazimizning kreativ jamoasi tomonidan ilmiy-ommabop video lavhalar turkumidagi EduKids loyihasini ishga tushirib, uning maqsadlari quyidagicha: • Internet-resurslarda videok lavhalarni tomosha qilish orqali ilmiy bilimlarni ommalashtirish; • Ta'limning vizual-o'yin usulini yaratish orqali bolalarni bilim olishga jalb etish; • turli ilmiy, tarixiy va boshqa dalillarni tavsiflovchi video lavhalar seriyasi orqali har tomonlama intellektual rivojlantirish; • kontent yo'nalishlari: motivatsiya, tarbiya, intizom, rivojlanish, ta'lim, texnologiya, biznes, sog'liqni saqlash, aloqa, odob va boshqalar. EduKids video lavhalarini ko'rish uchun: Edu Kids Video
BatafsilO‘zbekistondagi umumta’lim maktab o‘qituvchilarining ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi ESN (English Speaking Nation) loyihasini ishga tushirmoqda. XTV qoshidagi Innovatsiya, texnologiyalar va strategiya markazi (ITSM) loyihani amalga oshiruvchi tashkilot sifatida tayinlandi. Loyiha Amerika Kengashlari (American Councils), RTI (Research Triangle Institute) va USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha quyidagilarga qaratilgan: 1) umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining ingliz tilini bilish darajasini aniqlash; 2) o‘qituvchilarga ingliz tili bilimi va ko‘nikmalarini takomillashtirishda yordam berish; 3) o‘qituvchilarning «o‘quvchilarga yo‘naltirilgan» (learner-centred) pedagogik mahoratini oshirishda yordam berish; 4) trener va mentorlarning salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; 5) uzluksiz kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirish; 6) ingliz tilini o‘qitish standartlari va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish; 7) o‘quv materiallari tuzuvchi mualliflarning salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; 8) bilimni baholash bo‘yicha mutahassislar tizimini rivojlantirish. Uch yillik loyiha natijasida 33 ming ingliz tili o‘qituvchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita o‘quv mashg‘ulotlari va kasbiy rivojlanish faoliyatiga jalb qilinadi. Natijada 6 million maktab o‘quvchilarining ingliz tilidagi bilimlari yaxshilanadi. Shuningdek, O‘zbekiston umumta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari haqida jamiyatning ijobiy tasavvuri kuchayadi va o‘qitishning samarali ekotizimi rivojlanadi. English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN: STT) - Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: Umumta’lim maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish - bu O‘zbekiston Xalq Ta’limi Vazirligi va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (Public Affairs Section) o‘rtasida amalga oshiriladigan hamkorlik loyihasi. Bu dastur Xalkaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (American Councils) yordamida amalga oshirilib, O‘bekistondagi ingliz tili o‘qituvchi-trenerlariga va umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilariga kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. ESN: STT o‘quvchilarning ingliz tilidagi bilim va mahoratini oshirish uchun, shuningdek ularning til o‘rganishdagi ko‘nikmalarini yaxshilash maqsadida 15 000 dan ortiq umumta’lim maktab o‘qituvchilar va 1000 dan ortiq o‘qituvchi-trenerlarni malakasini oshiradi. Ushbu uch yillik dastur quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan: umumta’lim maktab o‘qituvchilarining ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish; umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish; umumta’lim maktab ta’lim tizimi o‘qituvchilarining jamiyatdagi ijobiy o‘rnini yanada mustahkamlash; ingliz tilini o‘qitishni yuqori darajaga olib chiqishda ta’lim va tarbiyani qo‘llab-quvvatlovchi ekotizimni ishlab chiqish. Dastur trenerlarni tayyorlash va umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirishning kaskad modeli (qisqa muddat ichida ko‘p sonli mutaxassislarni tayyorlash), ta’lim beruvchilar orasida o‘zaro kasbdoshlik ko‘magini shakllantirishga qaratilgan trenerlik dasturilarini o‘z ichiga oladi. Dastur quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Birinchi bosqich: TESOL Xalqaro Tashkiloti va Djorj Meyson universiteti (GMU) tomonidan olib boriladigan intensiv o‘quv dasturida qatnashish uchun har biri 40-45 nafar umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilaridan iborat ikki guruh tanlab olinadi. Ushbu guruh qatnashchilari quyidagilarda qatnashadilar va Asosiy trener maqomiga ega bo‘ladilar: TESOLning 140 soatlik, shu jumladan umumta’lim maktablarida 20 soatlik majburiy amaliyot o‘tashni o‘z ichiga olgan asosiy sertifikat dasturi; TESOL va GMU tomonidan o‘tkaziladigan ikki xaftalik trenerlar tayyorlash kursi Ikkinchi bosqich: Asosiy trenerlar 500 nafar Hududiy mentorlarni tayyorlaydilar. Uchinchi bosqich: Hududiy mentorlar loyiha davomida yiliga 10 nafar o‘qituvchini treningdan o‘tkazadilar va ularga mentorlik qiladilar. Shu tarzda, uchinchi yilning oxiriga qadar 15 000 umumta’lim maktab o‘qituvchilarining ingliz tili ko‘nikmalari va o‘qitish mahorati oshiriladi. Dasturning uch bosqichi davomida, eng yaxshi 300 Hududiy mentorlar ESN:STTning mahoratli trenerlari tomonidan o‘qitiladi va TESOL sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Asosiy trenerlar va Hududiy mentorlar 2022 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy TESOL Konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Batafsil ma’lumot va onlayn anketani tuldirish uchun: https://www.esn-teachers.org/ Anketani yuklab olish uchun: 1. Core teacher trainers application - hujjat topshirish sanasi: 15 yanvar, 2020 yil 2. Regional Peer Mentor-Teachers application - hujjat topshirish sanasi: 31 yanvar, 2020 yil To‘ldirilgan anketani esn@americancouncils.org ga yuboring.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 26-noyabrdagi “‘Zamonaviy maktablar’ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qarori imzolanib, unda: Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholab, muvofiqlik sertifikatlarini berish. Markaz “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashning elektron platformasini ishga tushirish. Markaz mutaxassislari umumiy o‘rta ta’lim maktablarni zamonaviy maktab talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilandi. Hozirda «Zamonaviy maktab»larga qo‘yiladigan talablar va ular asosida baholash tartibi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda tasdiqlandi. “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholash uchun 4 ta soha belgilandi: 1) Umumta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, infrastrukturasi va jihozlash me’yoriga asosan jihozlanganlik holati; 2) Maktabni boshqarish samaradorligi; 3) O‘qish va o‘qitish tizimi; 4) Ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari. Xalqaro tajriba va jalb etilgan xalqaro konsultantlarning tavsiyalarini inobatga olib, ushbu talablar va baholash tartibini sentyabr oyigacha takomillashtirish ishlari olib boriladi. Baholash mexanizmi Jahon Bankining Doing Business reytingi mexanizmiga o‘xshash holda ishlaydi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan - www.idea.itsm.uz g‘oyalar portali ishga tushirildi Endi ushbu portal orqali barcha xohlovchilarga Xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga oid o‘z g‘oya-takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikning maxsus ishchi guruhiga yuborish imkoniyati yaratildi. G‘oya va takliflarni yuborish uchun: www.idea.itsm.uz veb-sahifasiga kirib, “G‘oyangizni yo‘llang!” tugmasini bosib va quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birini belgilab hamda tayyorlangan prezentatsiya shablonini yuklab olib, g‘oya-taklifingizni Xalq ta’limi tizimiga tadbiq etish mexanizmlarini izohlagan holda jo‘natishingiz talab etiladi: Yo‘nalishlar: - ta’lim sifatini yaxshilash; - o‘qituvchilar maqomini oshirish; - o‘qituvchilar malakasini oshirish; - davlat-xususiy sheriklik; - maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish; - innovatsiya va texnologiyalar; - zamonaviy maktab; - maktablarning infratuzilmasini takomillashtirish; - inklyuziv ta’lim; - boshqalar. O‘z navbatida, Vazirlikning ishchi guruhi tomonidan eng yaxshi g‘oyalar va takliflar hamda ularni hayotga tadbiq etgan mualliflarni aniqlash maqsadida maxsus ko‘rik-tanlovlar tashkil etiladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Taqdim etilgan g‘oyalar va takliflarni ko‘rib chiqish tartibi alohida Nizom bilan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda e’lon qilinadi. Mazkur portal O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan yaratildi.
BatafsilUzEduBot UzEduBot botining asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat. Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin. Bot yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor. Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi. Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi. Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin. UzEduBot boti hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan. UzEduBot boti qo‘shimcha ma’lumotlar bilan muntazam yangilanib boriladi.
Batafsil"Robocraft" loyihasining asosiy maqsadi "Barkamol avlod" respublika markazlarida robototexnika bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etishdan iborat. Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: o'quvchilarni robototexnika asoslari bo'yicha o'qitish; o'quvchilarga dasturlash asoslarini o'rgatish, ularni dasturlash ko'nikmalarini olishga yo'naltirish; o'quvchilarni jamoaviy ishlarga o'rgatish; ijodiy fikrlash va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish. Ayni vaqtda loyiha yakunlash bosqichida. Barcha beshta "Barkamol avlod" markazlari yangilangan va barcha xonalar zarur infratuzilma bilan jihozlangan hamda ular investorlar ixtiyorida topshirildi. Loyiha joriy yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi. 20 ta markazdagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kurslar bosqichma-bosqich ochilib, har yili 3000 nafarga yaqin bolalarni o'qitishga imkon beradi. «Barkamol Avlod» markazlari manzili: Sergeli tumani Manzil: 100012, Toshkent sh., Sergeli tumani, Sputnik C-2, 18 uy, 2-sonli maktab, А blok Telefon: +998 977604554 Yashnobod tumani Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Aviasozlar ko'ch., 1 tor, 7А uy Telefon: +998 977604554 Yakkasaroy tumani Manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 17 uy Telefon: +998 977613959
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Davlat bolalar kutubxonasi "Kitob.uz" portalini yanada rivojlantirish Kitob.uz “Kitob.uz” Davlat bolalar kutubxonasining yangi va zamonaviy portali boʻlib, kitobxonlarga ma’naviy boyligi, madaniyati, millat ko’zgusi sifatida xizmat qilib kelayotgan oʻzbek tilidagi elektron va audio kitoblarni oʻqishga imkon beruvchi yagona bilim portali hisoblanadi. Unda quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan: “Kitob.uz” portalini zarur kontent bilan to'ldirish; Portalni mamlakatimiz aholisi, chet eldagi vatandoshlarimiz va o'sib kelayotgan yosh avlod orasida o'zbek tilini ommalashtirish Zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda portalni elektron kutubxona sifatida takomillashtirish; Mobil ilovalarni rivojlantirish orqali yoshlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish; Kitobxonlarga multimedia shaklidagi ommaviy kitoblar yangiliklarini taqdim etish orqali elektron resurslarga o'tish.
BatafsilToshkentda Prezident maktabi ochildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Barcha sohalarda ilg‘or taraqqiyot yo‘lidan borayotgan va yuksak marralarni qo‘yayotgan yurtimiz uchun har tomonlama yetuk kadrlar kerak. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bunga zamin yaratildi. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim va oliy ta’lim tizimi mazmunan va sifat jihatidan yangilanib bormoqda. Mamlakatimizda tashkil etilayotgan Prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos bo‘lishi shubhasiz. Chunki bu o‘quv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim bo‘ladi. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi. Shunday maktablarning birinchisi poytaxtimizda foydalanishga topshirildi. 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etildi. Joriy yilda maktabning 5-10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin o‘quvchidan 144 nafari o‘qishga qabul qilindi. Kanadaning “Teachaway” va Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy o‘qituvchi ham jalb qilindi. Ta’limda STEAM yondashuviga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalari olib kelindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. - Bu hayotingizdagi birinchi sinov bo‘ldi. Mehnat, bilim, adolat nima ekanini ko‘rdingiz. Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib bo‘lganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi O‘zbekistonning “oltin fondi”sizlar, - dedi Prezident. - Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narsalar ko‘p. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Yoshlarimiz orasidan Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar chiqishiga barcha asoslarimiz bor. Bugun tarixiy kun. Ilgari yurtimizda bunday sharoit bo‘lmagan. Endi chet eldan nufuzli mehmonlar kelsa, katta-katta zavodlarni emas, Prezident maktablarini ko‘rsatamiz. Sizlar bilimingiz, yurish-turishingiz, vatanparvarligingiz bilan hamma yoshlarga namuna bo‘lishingiz kerak. Kelgusida O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan kuch bo‘lasizlar. Maktab o‘quvchilari zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga milliy o‘zligimizni chuqur anglashi, tariximiz va ona tilimizni mukammal bilishi shartligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan ham muloqotda bo‘ldi. - Yuragimdagi gapimni bilishlaringizni xohlayman: men sizlarga eng katta boyligimni ishonib topshiryapman. Bolalarimizning ko‘zini, bilimini, g‘urur-iftixorini ko‘rib, yo‘limiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qildim. Islohotlarimizga, farzandlarimiz tarbiyasiga yelkadosh bo‘lganingiz uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman, - dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘quvchilarning ota-onalari va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda uchinchi renessans davri boshlanayotgani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi, maktabning ilk o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan suratga tushdi. Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.
BatafsilLoyihadan maqsad, maktab o’quvchilari dasturlash, mexatronika asoslari, algoritmlash kabi asosiy bilim va konikmalarga ega bolishini ta’minlashdir. Toshkent shahri bo’ylab tajriba tariqasida 5 ta pilot robototexnika kurslari Barkamol avlod markazlarida ochildi. Ushbu loyihani Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham ochish boyicha ishlar olib borilmoqda. Robototexnoka sinflarini butun respublikada tadbiq etish rejalashtirilgan;
“Kitob.uz” - O'zbek tilidagi elektron kitoblar va audiokitoblarning virtual kutubxona platformasi. Kitob.uz veb-sayt va mobil ilovalar orqali oqish imkoniyati. Loyihadan maqsad kitob o’qishga zamonaviy yondashuv va o'zbek tilida o'qishni ommalashtirishga qaratilgan. Loyiha bugungi kunda ishga tushirilgan va keyingi bosqichda platformani kontent bilan boyitish rejalashtirilgan.
Biz bilan bog'laning