Yangiliklar

Qizlar, biz bilan kuchli IT-mutaxassisga aylaning!

01.12.2021 2004

Siz kutgan ICT4Girls loyihasining mentorlik dasturi uchun qabul boshlandi. Loyiha ishtirokchisiga aylanuvchi 10 qiz mentor bilan ishlab, IT-yechim ishlab chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.  Bu hali hammasi emas! Loyiha ishtirokchilari dastur yakunida o‘zlarining IT-mahsulotlarini moliyalashtirish uchun grant yutib olishlari mumkin. Shoshiling, qabul 2021-yil 12-dekabrgacha davom etadi. Ariza to‘ldirish uchun quyidagi QR-code yoki  ushbu havoladan foydalaning:  4 oylik dasturda IT yo‘nalishida o’rta darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega 12-22 yoshdagi qizlar ishtirok eta oladi. ITga endi kirib kelayotgan qizlar uchun esa tez orada boshqa dasturlar uchun qabul boshlaymiz.  Kuzatishda davom eting!  

Diqqat tanlov!

19.11.2021 1338

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun seminar-trening tashkillashtirish ishlari uchun tanlov e’lon qiladi. Seminar-trening oʻqituvchilik kasbining psixologik xususiyatlari hamda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi mavzularida oʻtkazilishi lozim. Tanlovda tadbirlar va treninglar tashkillashtirish boʻyicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2021-yil 26-noyabrgacha qabul qilinadi.  Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning...

Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi

05.11.2021 1694

Kimyo, fizika va biologiya fani bo‘yicha respublikamiz oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi Joriy yilning 5-noyabr kuni, poytaxtimizning 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida STEM ta’limini rivojlantirish maqsadida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishga oid oʻquv-trening boshlandi. Trening Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda  Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ochilish marosimida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish boshqarmasi boshligʻi Laziz Xo‘jakulov hamda sohaga doir qator mutaxassislar ishtirok etishdi.  4 kunlik oʻquv-treningda STEM ta’limini joriy etish...

O‘zbekistonda ILK BOR Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

28.10.2021 1517

Joriy yilning 8–13 noyabr kunlari Farg‘ona viloyatida Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi  IAFPhO 2021 xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 100 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda. Biz barcha yosh fiziklarni olimpiadada ishtirok etishga taklif etamiz! Arizalar 15 - oktyabrgacha https://iafpho2021.uz/ sayti orqali qabul qilinadi. Batafsil ma'lumot uchun 

ITSM “Virtual sayohat” loyihasining taqdimotini o‘tkazdi

15.10.2021 6654

Joriy yilning 15-oktabr kuni poytaxtimizning 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida onlayn VR sayohatlarni o‘z ichiga olgan virtual maydonlarni tashkil etish” (Keyingi o‘rinlarda – “Virtual sayohat”) loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda ITSM’ning Maktabdan tashqari ta’lim va elektron resurslarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari Otabek Djurayev va Farrux Abduvaxidov hamda Dasturiy mahsulotlarni joriy qilish va texnik yordam ko‘rsatish boshqarmasi mutaxassisi Ali-Zoda Abdusamatovlar ishtirok etishdi.   Bugungi kunda yoshlarga zamonaviy uskunalarni to‘g‘ri va samarali qo‘llash, hamda ulardan maksimal darajada foyda olishni o‘rgatish, shu bilan birga reallik, virtuallik tushunchalarini to‘g‘ri talqin qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan...

Raqamli kutubxona platformasidan toʻgʻri foydalanish boʻyicha trening oʻtkazildi

14.10.2021 1703

Joriy yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizning 238-umumtaʼlim maktabida Raqamli kutubxona loyihasi doirasida Raqamli kutubxona platformasidan toʻgʻri foydalanish, xususan, kutubxona fondidagi  kitoblar harakatini samarali nazorat qilish boʻyicha kutubxonachilar bilan trening oʻtkazildi. Unda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqish boshqarmasi mutaxassislari Muhiddin Jalolov va Abduxabib Meliyev, Dasturiy mahsulotlarni joriy qilish va texnik yordam koʻrsatish boshqarmasi mutaxassisi Amrillo Abdusalomov hamda 166-, 330-, 22-, 238-, 279-sonli umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari ishtirok etdi. Endilikda treningni Shayxontohur tumanida joylashgan barcha maktablar uchun oʻtkazish rejalashtirilgan.

ITSM fizika, kimyo va biologiya fanlariga oid laboratoriya ishlarini olib borish bo‘yicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaxassislarga oʻz minnatdorchiligini bildiradi

30.09.2021 1301

Avvalroq, STEAM ta’limini rivojlantirish maqsadida ITSM tomonidan “Fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini olib borish bo‘yicha o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish” loyihasi amalga oshirilayotganligi. Ushbu loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha 110 dona laboratoriya ishlari ishlab chiqilganligi haqida xabar bergan edik.  Endilikda, ularni ishlab chiqishda ishtirok etgan yuqoridagi mutaxassislar bilan sizni tanishtirib, ularga oʻz minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. 

EDU KIDS MULTFILMLARI ENDI ITV DA

25.08.2021 1610

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi doirasidagi multfilmlarni endi itv platformasi orqali koʻrishingiz mumin! Edu Kids daydjestlari maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ular quyidagi turkumlardan iborat: - “Eng qiziqarli”; - “Tarix”;   - “Buyuk insonlar hayoti”; - “Shaxsiy rivojlanish”; - “Texnologiya haqida”; - “Nima uchun kitob o‘qish kerak”. Multfilmlarning asosiy maqsadi bu yoshlarimizni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari va oʻz ustida ishlashga motivatsiya qilish boʻlib, unda ota-onalar, jamiyatimiz va oʻqituvchilarimizning rolini yanada oshirishdir.

ITSM jamoasi umumxalq xayriya hasharida hamjihatlik bilan qatnashdi!

21.08.2021 1486

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi va 21-avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi belgilab qo'yildi.  Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” xodimlari ham ushbu hasharga o‘z hissasini qo‘shdi.  ITSM jamoasi tomonidan o‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, hovli, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

Bir qator AKT xodimlari va Informatika fani oʻqituvchilari Vazirlik tomonidan taqdirlandilar

21.08.2021 2211

20-avgust kuni xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha joylarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator AKT mutaxassislari hamda Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Bir million dasturchi” loyihasini keng targ‘ib qilish, Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo'yicha yagona elektron dasturiy tizimi (ERP) hamda “Elektron kundalik” axborot tizimlarida ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, Oracle va Cisco kompaniyalarining onlayn kurslarini maktablarda o‘qitishni tashkil etib, o‘quvchilarga dasturlash tili va tarmoq texnologiyalarini o‘rgatishda jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlarning faoliyati ijobiy e’tirof etildi va Vazirlik tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Quyida Vazirlik tomonidan e’tirof...

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda UNESCO oʻrtasidagi loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi

16.07.2021 1595

Avval xabar berilganidek, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda UNESCO oʻrtasida “Fargʻona vodiysidagi yoshlar ijtimoiy uygʻunlikda” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.  15-iyul kuni ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha UNESCO ekspertlari va ITSM masʼul shaxslari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida “Oʻzbekistonda va butun dunyoda ish topish” qoʻllanmasini ishlab chiqish tafsilotlari, xususan, maʼlumotlarni qayta ishlash, kontent, shuningdek, maktab oʻquvchilari kasb yoki akademik faoliyat yoʻnalishini tanlashi, Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda dolzarb boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishlari mumkin boʻlgan elektron platforma muhokama qilindi.  Loyiha maqsadi - oʻsmirlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va kasbga oid masalalar boʻyicha umumiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlari, moyilligi va qobiliyatlarini...

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xodimlarining ikki nafari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi

30.06.2021 1829

Bugun, 30-iyun - Yoshlari kuni munosabati bilan xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan 25 nafar xodim “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi. Shu jumladan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining Raqamli taʼlim platformalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Saidaxmad Jalilov va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Jasur Asqarov bunday eʼtirofga sazovor boʻldilar.   Markaz jamoasi nomidan mukofot olgan xodimlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va bugungi kundagi shijoati, tashabbuskorlik xislatlarini yoʻqotmasliklarini hamda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

JICA konsultantlari hamda ITSM oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

13.04.2021 1570

Joriy yilning 12-aprel kuni Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi vakillari hamda Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik tashkiloti konsultantlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yigʻilish chogʻida xorijiy tajribaga tayangan holda taʼlim tizimida yangi loyihalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.  

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) "CAREER DAY 2021" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

09.04.2021 1684

Bugun, 8-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Westminster Xalqaro Universitetida "CAREER DAY 2021" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.   Bitiruvchilarga ushbu yarmarkada quyidagi yo‘nalishlarda ish o‘rinlari taklif etildi: - Banklar, investitsiya va kredit kompaniyalari; - Davlat xizmatlari vazirliklari; - Arxitektura, qurilish va dizayn; - Moliya, buxgalteriya hisobi va audit; - Logistika; - Huquqshunoslik; - Tibbiyot va farmatsevtika; - Marketing va HR; - Sug'urta; -...

ITSMning faol xodimlari taqdirlandi!

05.04.2021 1710

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining anʼanaviy odatlariga koʻra, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashgan, yaxshi natija koʻrsatgan xodimlar har oyning yakunida Markazning Bosh direktori Abduvali Haydarov tomonidan maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar. Shu anʼanaga rioya qilib, mart oyida faol mehnat qilgan va gʻayratini namoyon etgan bir qator xodimlar taqdirlandilar. Jumladan: Nodirbek Barnayev – tashkiliy ishlarda koʻrsatgan shijoati va oʻz ishiga boʻlgan sadoqati uchun; Alisher Rapiyev – oʻz ishiga kreativ va masʼuliyat bilan yondashganligi uchun; Malika Shavkiyeva – UNICEF bilan hamkorlikdagi loyihada faol mehnati uchun; Feruza Hamroyeva – “Yangi Oʻzbekiston ustozlari” loyihasidagi faol ishtiroki uchun; Amrillo Abdusalomov va Azizaxon Xoʻjayeva – jamoatchilik bilan aloqalarda faol ishtiroki...

Xalq ta’limi vazirligi va bir qator tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

02.04.2021 2140

30-mart kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK, Respublika ta’lim markazi, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Cambridge International School va Oxbridge International School o‘rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi yetakchi o‘qituvchilarni aniqlash yo‘li bilan tabiiy fanlar sohasidagi ta’lim sifatini yaxshilash, murabbiylar uchun kaskad usulidagi mashg‘ulotlar o‘tkazishga erishish, jahon tajribasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda O'zbekistonning milliy dasturiga muvofiq tabiiy fanlar bo‘yicha o'qituvchilar malakasini oshirish yordamida kaskadli mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan iborat. Loyiha doirasida kitobning laboratoriya ishlariga ega har bir sahifasini QR kod bilan ta’minlash...

ITSM Misrda o‘tayotgan 17-Jahon ta’lim Sammitida ishtirok etmoqda

26.03.2021 2055

25-mart kuni Misr Arab Respublikasida “The Digital Path: New Directions in Education” 17-Jahon Ta’lim Sammiti o‘z ishini boshladi. Sammitda xalq ta’limi sohasida yangi tashabbuslarni va chet el tajribasini o‘rganish maqsadida “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” bosh direktori Abduvali Haydarov delegatsiya a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.   Jahon Ta’lim Sammiti har yili dunyoning turli davlatlarida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Sammit doirasida xalqaro, jumladan Pearson, Egyptian Knowledge Bank, Educational Research Centre, International Arab Baccalaureate, Egyptian Scholastic Test, Discovery Education, Promethean, Innovera, GL Education and Teacher Created Materiales kabi tashkilotlarining tajribali ekspertlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.  Sammit doirasida ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi...

Shaffof test tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi

26.03.2021 1940

25-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining UStudy test markazi vakillari bilan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazilishi hamda boshqa turdagi test sinovlari tashkillashtirilishini shaffofligini ta’minlash va O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Sarvarbek Sa’dullayev ishtirok etdi.   O‘z navbatida, ikki tomon mamlakatlarda joriy etilgan ta’lim tizimi arxitekturasi haqida ma’lumotlar almashdilar va qozog‘istonlik delegatsiya vakillari tomonidan UStudy'ning faoliyati, ular tomonidan joriy qilingan innovatsion dasturiy hamda texnik yechimlar va ularning imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.   Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat vakillari ta’lim sohasida o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda amalga oshirilishi...

JDU bilan ITSM hamkorligidagi loyiha oʻz yakuniga yetdi

19.03.2021 2143

Hududlardan saralab olingan (14x10) oʻqituvchilarga “COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida xalq ta’limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida JICA tomonidan beg‘araz ajratilgan notebook, router va alohida sim-kartalar tarqatilgan edi. Ushbu loyiha tufayli oʻqituvchilar bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdi. Shu bilan birgalikda ta’lim tizimida qo‘shimcha adabiyotlar va o‘quv loyihalari sifatini oshirish hamda xususiy ta’limning rivojlantirish boʻyicha ham ma’lumotlarga ega boʻldilar. Aziza Pardayeva Raxmatullayevna, Samarqand shahar 42-maktab ingliz tili oʻqituvchisi: — Avvalo ushbu oʻquv kurslarni biz oʻqituvchilarga  tashkil qilishda mehnat qilgan barcha mutaxassislarga, Xalq ta’limi vazirligiga, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”ga, xususan Yaponiyaning JICA tashkiloti hamkorligida “COVID-19 pandemiyasi salbiy...

“Educard” loyihasini joriy etish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19.03.2021 1609

Avval xabar berganimizdek, yoshlarda iqtisodiy madaniyat hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida xalq ta’limi tizimida “Educard” loyihasini joriy etish ishlari boshlab yuborilgan. Kuni kecha, 17-mart kuni mazkur loyihani joriy etish bo‘yicha ishchi guruh vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida tomonlar o‘zlarining vakolatlari doirasida “Educard” loyihasini joriy etishdagi texnik imkoniyatlarini boyitish va amaliy masalalari, shuningdek, loyihani tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, uchrashuv davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi va loyiha doirasida ularga taqdim etish mumkin bo‘lgan imtiyozlar hamda qulayliklar bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi. Shu bilan birga, “Educard” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga...