Yangiliklar

STEM ta’limi rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan video-seminarda Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorliklarga to‘xtalib o‘tdi

10.10.2020 2435

- O‘zbekistonning yaqin tarixiga qaraydigan bo‘lsak, Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng, respublika aholi soni 16 millionga o‘sdi. Albatta, bu o‘sishning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli, hozirgi kunda bizning asosiy maqsadimiz, shu yoshlarning ishga joylashishi hamda zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlashdir. Vazir OTB bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan STEM ta’limi va ta’lim texnologiyalarni umumta’lim maktablariga joriy etish loyihalarining o‘rni va ahamiyati katta ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tdi. “Bugungi kunga kelib, sanoat 4.0, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va an’anaviy kasblar kelajagi to‘g‘risida juda ko‘p muhokamalar olib borilmoqda. Bularning barchasi moslashuvchanlik, har tomonlama rivojlanish va yuqori samaradorlikni talab qiladi”. Sherzod Shermatov, o‘z nutqi yakunida mazkur video-seminarni...

STEM ta’limi va ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro seminarda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov O‘zbekiston tajribasi bilan taqdimot o‘tkazdi

09.10.2020 2513

Ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalqaro moliya institutlari, xususan, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik va ular tomondan qo‘llab-quvvatlashning muhimligiga alohida urg‘u berib o‘tmoqchiman. Koronavirus pandemiyasi vaqtida vazirlik tomonidan ta’lim uzluksizligini ta’minlash uchun keskin choralar ko‘rish zaruriyati tug‘ildi. Shu maqsadda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, loyiha doirasida uchta televizion kanal orqali tanlab olingan eng yaxshi o‘qituvchilar maktab dasturlarini o‘tishmoqda. Shu bilan birga, kelgusida xalq ta’limi sohasida ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va bu uchun, birinchi o‘rinda, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, elektron kontentni rivojlantirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga tayyorlashni zamonaviy texnologiyalar orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘yish muhimligi...

Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo’lgan 15 nafar g’olib noutbooklar bilan taqdirlandi

06.10.2020 2759

Tanlovning 1-bosqichida respublika bo'yicha 352 ishtirokchi faol qatnashishdi. Ular orasidan tanlov shartlarini to'liq va haqqoniy bajargan, yaxshi natijaga erishgan va eng yuqori ko'rsatkichni egallagan 15 nafari g'olib: 3 nafar informatika; 8 nafar ingliz tili o’qituvchisi; 4 nafar maktab o’quvchisiga  5-oktyabr sanasida Xalq ta’limi vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida taqdirlanishdi. Ma'lumot o'rnida, Xalq ta'limi vazirligining tashabbusi bilan birinchi bosqichga qo'shimcha o'rin sifatida yana 15 nafar g'olib saralab olindi. Tez kunlarda yangi g'oliblar zamonaviy noutbook bilan taqdirlanadi. Bunday tanlovlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda tashkil etiladi va eng faol o'qituvchi va maktab o'quvchilari taqdirlanib boriladi.

Uzcard kompaniyasi o‘qituvchilarni taqdirladi!

01.10.2020 2507

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi hamda Uzcard kompaniyasi tizimda  raqamli ta’limni rivojlantirish, maktab o‘quvchilariga qiziqarli bo‘lgan elektron dasturlarni boyitishda o‘z mehnatini ayamay, izlangan va hamkorlik qilgan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirdi.   “Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatda, o‘zlaringizni yo‘qotmay, ta’limning uzluksizligini ta’minlashda katta hissa qo‘shdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz” deydi - Uzcard bosh direktori Dilshod Ikromov. Tadbir so‘ngida, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va Uzcard homiyligida interaktiv virtual ta’limni rivojlantirish uchun kontent yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan va amaliy yordam ko‘rsatgan bir qator o‘qituvchilarga zamonaviy planshet hamda tashakkurnomalar topshirildi. “Kelajakda ta’lim sohasida yangi loyihalar, yanada mukammal platforma va...

Maktab tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech yechimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqiladi

30.09.2020 2382

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Zoom platformasida Xalq ta'limi vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan video-uchrashuv bo'lib o'tdi. Muhokama mavzusi: "Respublika davlat umumta'lim maktablarida ta'lim texnologiyalarining holati va ta'lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish". Seminarda o'zining taqdimotlari bilan Riye Xiraoka (OTB Ijtimoiy shu'ba bo'limi Direktori), Jian Shu, (Ta'lim va ta'lim texnologiyalari bo'yicha katta mutaxassis, OTB), shuningdek, Tim Denni va Qobil Yunusov, OTB texnik yordam loyihasi konsultantlari ishtirok etdilar. Jian Shu so'zlariga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda ta'lim texnologiyalarini joriy etish o'rta darajada bo'lib, virtual va kengaytirilgan reallik kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirish hamda joriy etish uchun imkoniyat mavjud". Xalq...

Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki STEM-ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini joriy etadi

29.09.2020 2771

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan joriy yilning 24 sentyabr kuni Zoom platformasida "O'zbekiston Respublikasida STEM ta'limini rivojlantirish" mavzusida video-seminar o'tkazildi. Xalq ta'limi vazirligining Osiyo taraqqiyot banki bilan qo'shma loyihasi doirasida Respublika davlat umumta'lim maktablarida STEM-ta'lim (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) infratuzilmasini rivojlantirishga 100 mln. AQsh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekiston Respublikasidagi missiyasi rahbari – Sindi Malvichini Xalq ta'limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida xalq ta'limi sohasida hamkorlik bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, Sindi Malvichini loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishini ta'kidladi: 1. O'quvchilar uchun qulay o'quv muhitini yaratish maqsadida maktab infratuzilmasi (energiya tejamkor va tabiiy ofatlarga...

Bir vaqtning o‘zida Coursera’ning 10 ta onlayn kursida o‘qish mumkinmi?

28.09.2020 2719

Bir vaqtning o‘zida Coursera’ning 10 ta onlayn kursida o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin. Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘lim boshlig‘i Qadamboy Saidov bir vaqtning o‘zida Coursera onlayn kurslar platformasi doirasida ta’lim olib, o‘nga yaqin sertifikatga ega bo‘ldi.  Onlayn kursning qanday imkoniyatlari bor? Dunyoning nufuzli universitetlarining professorlari seminarlarida nimalarni o‘rganish mumkin va ularning afzalliklari nimada?   Suhbat davomida ana shu savollarga javob topasiz hamda Courseraning yana boshqa muhim jihatlari haqida bilib olasiz. Batafsil video: https://itsm.uz/uz/video-gallery/view?id=4#eduKidsGroup-2

Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi ITSM markaziga yangi rahbar tayinlandi

24.09.2020 2634

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi.  Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi DUKda guruh boshlig‘i, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKda departament boshlig‘i,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.  Bugunga qadar Xalq ta’limi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.  Ma’lumot o‘rnida: •  Eldorbek Rasulov 1988 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Edu Market onlayn-olimpiadasida 20 000 dan ziyod ishtirokchilar orasidan aniqlangan g‘oliblar taqdirlandi

21.09.2020 2891

Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Game Zale bilan hamkorlikda tashkil etilgan Edu Market interaktiv virtual ta’lim dasturining onlayn-olimpiadasi maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan edi. Ma’lumot o‘rnida, Android va  iOS platformalari foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgan olimpiadada 12 yoshgacha bo‘lgan 20 000 dan ortiq maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Kuni kecha g‘oliblar taqdirlandi. Hozircha Toshkent shahridagi 13 nafar g‘olibga sertifikat, maxsus ko‘krak nishoni va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining esdalik sovg‘alari topshirildi.  Poytaxtlik Halima Vohidova va Zuhra Akbarova esa ikkinchi va uchinchi hafta natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni egallashgan edi. Opa-singil g‘olibalar bosh sovrin — PLANSHET bilan taqdirlandilar. Yurtimizdagi pandemiya sharoiti tufayli har bir ota-ona...

«Lukoyl» kompaniyasi xalq ta’limi tizimida robototexnika sinflarini tashkil etishda homiylik qiladi

14.09.2020 2734

"LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" MChJ hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining umumta’lim maktablarida «Lukoyl» kompaniyasi homiyligi asosida robototexnika kurslarini tashkil etadi. Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlarni kelajakda kasb-hunarga tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Buxoro va Qarshi shaharlarida ikkita umumta’lim maktablarida umumiy loyiha qiymati qariyb 243 mln. so‘mlik robototexnika sinflari joriy yilning so‘ngiga qadar tashkil etiladi. Kelajakda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ hamda xalq ta’limi sohasida ushbu loyihani kengaytirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

English Speaking Nation loyihasi doirasida trener yoki mentor bo’lishni istagan ingliz tili o’qituvchilari diqqatiga!

07.09.2020 3849

Siz ingliz tili o’qituvchisimisiz?! Unday bo’lsa, English Speaking Nation loyihasi doirasida trener yoki mentor bo’lish uchun ariza topshirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang. Arizangizni https://www.esn-teachers.org/apply/core-teacher-trainer-application sayti orqali jo’natishingiz mumkin. Shuningdek, loyihaga qiziqishi ortganlarni vebinarda ishtirok etishga taklif etamiz. Vebinarlar vaqtini esa quyida ko’rsatilgan: Vebinar vaqti Sana Viloyat 10.00-11.00 7-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11.00-12.00   Xorazm viloyati 15.00-16.00   Navoiy viloyati 10.00-11.00 8-sentyabr Namangan viloyati 11.00-12.00   Farg‘ona viloyati 15.00-16.00   Andijon viloyati 10.00-11.00 9-sentyabr Qashqadaryo viloyati 11.00-12.00   Surxondaryo viloyati 15.00-16.00   Buxoro viloyati 10.00-11.00 10-sentyabr Samarqand viloyati 11.00-12.00   Sirdaryo viloyati 15.00-16.00   Jizzax viloyati 10.00-11.00 11-sentyabr Toshkent viloyati 11.00-12.00   Toshkent shahri 15.00-16.00   Namangan viloyati 10.00-11.00 14-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11.00-12.00   Xorazm viloyati 15.00-16.00   Navoiy viloyati 10.00-11.00 15-sentyabr Namangan viloyati 11.00-12.00   Farg‘ona viloyati 15.00-16.00   Andijon viloyati 10.00-11.00 16-sentyabr Qashqadaryo viloyati 11.00-12.00   Surxondaryo viloyati 15.00-16.00   Buxoro viloyati 10.00-11.00 17-sentyabr Samarqand viloyati 11.00-12.00   Sirdaryo viloyati 15.00-16.00   Jizzax viloyati 10.00-11.00 18-sentyabr Toshkent viloyati 11.00-12.00   Toshkent shahri 15.00-16.00   Andijon viloyati ZOOM dasturi orqali onlayn-vebinarda ishtirok etib, loyiha haqidagi barcha savollaringizga javob toping. Havola: https://zoom.us/j/8605340000

ITSM O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturini e’lon qiladi

29.08.2020 2973

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2020-yilgi dastlabki soni uchun grantlar bo‘yicha takliflarni qabul qilishini e’lon qiladi. Nomzodlar (ariza beruvchilar) quyidagi talablarga javob berishi kerak: -    O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan; -    Nodavlat-notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tgan; -    Asosiy faoliyati maktab o‘qituvchilarining uyushishiga qaratilgan. Grant olish uchun takliflar quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan birini yoki bir nechtasi qamrab olishi kerak: -    o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shish; -    tashkilot faoliyati va o‘qituvchilar uchun muhim mavzularni yoritib borish; -    tashkilot faoliyatini kengaytirish va a’zolar sonini ko‘paytirish; -    tashkilot faoliyati uchun...

Xalq ta’limi vazirligi 25 nafar 7-11 sinf o'quvchilariga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

21.08.2020 36470

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan 7-11-sinf o'quvchilari orasida tanlov e'lon qiladi. Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta’lim maktab 7-11-sinf o'quvchilariga zamonaviy YANGI NOUTBUK sovrin sifatida taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim: Agar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lmasangiz ushbu shaklni to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning; Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling; Coursera’da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling; Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to‘ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE  Tanlov 2020-yil 29-sentyabrga qadar davom etadi. 30-sentyabr kuni esa g‘oliblar aniqlanadi! Shoshiling, 25 NOUTBUKLAR dan...

Xalq ta’limi vazirligi 25 nafar ingliz tili o‘qituvchilariga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

21.08.2020 18726

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari orasida tanlov e'lon qiladi. Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilariga zamonaviy YANGI NOUTBUK sovrin sifatida taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim: Agar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lmasangiz ushbu shaklni to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning; Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling; Coursera’da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling; Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani...

Xalq ta’limi vazirligi 25 nafar informatika fani o‘qituvchilariga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

19.08.2020 19700

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan informatika fani o‘qituvchilari orasida tanlov e'lon qiladi. Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta’lim maktab informatika fani o‘qituvchilariga zamonaviy YANGI NOUTBUK sovrin sifatida taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim: Agar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lmasangiz ushbu shaklni to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning; Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling; Coursera’da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling; Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to‘ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE  Tanlov 2020-yil 29-sentyabrga qadar davom etadi. 30-sentyabr kuni esa g‘oliblar aniqlanadi!...

Xalq ta'limi vazirligi KPI tizimini joriy etmoqda

19.08.2020 3454

Ba’zida ishxonalarda ish jarayoni xuddi chumolilar inidagi harakatlarga o'xshab qaynaydi hamda hamma ish bilan band bo'lgandek tuyuladi, biroq bundan tashkilotning samaradorligi oshadimi? Gap shundaki, xodimlarning aksariyat qismining amalga oshiradigan harakatlarini taqqoslash qiyin. Masalan, bir xodim minnatdorchilik xatini yozish uchun bir soat vaqt ajratgan bo’lsa, boshqa bir xodim katta shartnomaning imzolanishiga olib kelgan xatni yozish uchun xuddi shuncha vaqt ajratgan. Qaysi xodim samaraliroq? Buni anglash uchun siz xodimlar samaradorligining asosiy ko'rsatkichlarini baholashga imkon beradigan o'lchovga ega bo'lishingiz lozim. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligida samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlar tizimini (KPI) joriy etishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya jamoasi ko'magida "SMART STAFF SOLUTIONS" MChJ...

«Edu Market» onlayn-olimpiadasida 20 000 dan ortiq maktab o'quvchilari ishtirok etdi

12.08.2020 3168

Avval xabar berganimizdek, Xalq ta'limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi, hamda Gam Zale bilan hamkorlikda tashkil etilgan Edu Market interaktiv virtual ta'lim dasturining onlayn-olimpiadasi maktab yoshidagi bolalar o'rtasida  o'tkazilgan edi. Android va iOS platformalari foydalanuvchilari orasida o'tkazilgan olimpiadada 12 yoshgacha bo'lgan 20 000 dan ortiq maktab o'quvchilari faol ishtirok etdi. Sarvinos Rivojhonova 1 hafta yakuni bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2,3 va 4 hafta natijalari bo'yicha Halima Vohidova, Zuhra Akbarovna va Alibek Baxshullaev birinchilikni egallashdi. Eng yaxshi ko'rsatgich qayd etib, 1-o'rin egallagan g'oliblarga asosiy sovg’a - PLANSHET, qolgan g'oliblarga esdalik sovg'alari taqdim etiladi. G'oliblarni taqdirlash marosimi mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin bo'lib o'tadi.

Bolalar ingliz tilini Britaniya Kengashi videolari orqali o'rganishlari mumkin

12.08.2020 3416

Uzoq muddatli hamkorlik o'z samarali natijasini berdi. Britaniya Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maktab TV loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning jahon darajasidagi ingliz tilini o'rganish materiallarini o'z ichiga olgan ingliz tilidagi televizion dasturlarini ishlab chiqish hamda efirga uzatish boʻyicha shartnoma imzoladilar. Britaniya Kengashi Xalq ta'limi vazirligining O'zbekistondagi maktab o'quvchilari uchun moʻljallangan bir qator ko'ngilochar teledasturlar orqali ingliz tilini o'rganishga undash tashabbusini qo'llab-quvvatlab, Britaniya Kengashi va Premer liga bilan hamkorlikda tayyorlangan video materiallarni taqdim etishdan mamnun. Yaqin kunlarda O‘zbekiston Milliy telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin.

Shveysariya O'zbekistonda maktablarda masofaviy ta'limni rivojlantirishga hissa qo'shadi

07.08.2020 4167

Shveysariyaning O'zbekistondagi elchixonasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziga 150 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Bu bilan Shveysariya ITSM tomonidan amalga oshirilayotgan "Maktab ta'limi uchun masofaviy o'qitishni yo'lga qo'yish" loyihasiga hissa qo'shayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qo'shildi. Tegishli shartnoma 7-avgust kuni imzolandi. Loyiha doirasida Maktab.uz onlayn ta'lim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan to'ldiriladi, shuningdek o'qituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish 2020-yil avgustidan boshlanadi.

Toshkent shahridagi maktablar yangi qiyofaga kirmoqda

16.07.2020 3985

Hurmatli ota-onalar! Joriy yil Respublikamiz bo'ylab 500 ga yaqin maktablar zamon talablariga mos mukammal ta'mirlanib, qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Yangi o'quv yiliga mukammal ta'mirlanayotgan maktablar kam quvvatli va ancha yillardan beri ta'mirlanmagan maktablar etib tanlangan, bundan asosiy maqsad umumta'lim maktablarini bosqichma-bosqich bir sinfda mavjud o'quvchilar soni nomutanosiblik masalasini yechish, shuningdek maktablarda hozirgi zamon talablariga mos ta'lim olish muhitini yaratishdir. Toshkent shahrida yangicha tus olayotgan maktablarning avvalgi va hozirgi holati bilan taqqoslashingiz mumkin. Shu bilan birga, pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayonida insonlarning bir joyda to'planib qolishi va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida navbatga yozilish jarayonini onlayn tarzda, www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.