Ota-onalarning og‘riqli savoli: bolani ta’limga qanday qiziqtirsa bo‘ladi?
19.07.2021
3411
E’tibor berib qarasak, aksariyat bolajonlar o‘zaro Minecraft, PUBG MOBILE, Brawl Stars, Roblox kabi o‘yinlarga mukkasidan ketib o‘ynab o‘tirganlarini yoki muhokamalar qilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Lekin bu o‘yinlarning farzandlarimiz ruhiyatiga, bilim saviyasiga yoinki dunyoqarashiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmizmi? O‘yinlarning foydali yoki zararli turlari bormi? Aslida bolajonlarning o‘yin o‘ynashi qanchalik to‘g‘ri? Balki bu o‘yinlar orqali farzandlarimiz ma’lum darajada bilim olar?!
Bugungi kunda smartfon va kompyuter o‘yinlari foydalanuvchilar uchun nafaqat ko‘ngilochar vosita, balki yangicha ta’lim muhiti sifatida ham xizmat qilmoqda. Hozirgi davrning an’anaviy ta’lim shakli bilim olishning yangicha usullariga muhtoj bo‘lgan avlodning har doim ham talab va ehtiyojlarini hisobga olmaydi. Bu esa qo‘shimcha...