Umumta'lim maktablarida o'qituvchilarning dars soati taqsimoti qay tartibda amalga oshiriladi?
18.08.2023
420O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020-yil 30-iyunda ro'yxatdan o'tgan 3271-sonli qarori asosida, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ilovada keltirilgan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligida taqsimlanadi.
Xorijiy til o'qituvchilarini umumta'lim maktablariga ishga qabul qilish uchun xalqaro yoki mahalliy sertifikatlar zarurmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajasidagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Biz bilan bog'laning