EdTechUZ: "Empowering Education through Technology for teachers" 3-o'quv seminariga start berildi.

22.05.2024

2535

Toshkent shahri Cambridge International School xususiy maktabida ITSM,  Cultural Vistas, Cambridge International School va The E.Muskie Program hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.Ushbu o'quv seminar Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilarining (kimyo, fizika, biologiya) kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan.Seminar-treningni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi "ITSM"ning Raqamli texnologiyalar boʻyicha direktori Qudrat Qobiljonovich ochib berdilar. Tadbirda Amerika qoʻshma shtatlari Cultural Vistas va The E.Muskie Program tanlov gʻoliblari  ishtirok etdilar.

Eslatib o'tamiz!!!
6-18-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda oflayn tarzda hamda 14-16-sentabr kunlari onlayn tarzda o‘quv-seminarlari bo'lib o'tgan edi. Mazkur o'quv seminarimizning davomi 2-dekabr kuni Cambrige International School xususiy maktabida oflayn tarzda boʻlib o'tadi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin