Yangiliklar

Joriy yilning 30-aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi

30.04.2022 781

Hashar munosabati bilan, bugun "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan 316-sonli umumta'lim maktabi bog'ida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Maktab bog'i tartibga keltirilib, tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab bog'iga 20 tup mevali va manzarali daraxt ko'chati ekildi.

ITSM Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

30.04.2022 774

2022-yil 28-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 100 dan oshiq korxona, tashkilot va muassasalar qatnashdilar.  Tadbirga universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o‘z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga taklif etamiz!

29.04.2022 790

ICT4Girls loyihasi doirasida 13-may kuni Hilton mehmonxonasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi boʻlib oʻtadi. Tadbirda  davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va oʻquv markazlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.  Forum  - IT sohasida qizlarga berilayotgan eʼtiborni koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash; - qizlar tomonidan ishlab chiqilgan IT-loyihalarni ragʻbatlantirish; - sohadagi mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash maqsadlarida tashkil etilmoqda. Forum doirasida IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari haqida ma'lumot berish maqsadida mehnat va ta'lim yarmarkasi ham tashkil etiladi. Forumda ishtirok etish bepul. Buning uchun 7-mayga qadar ushbu havola (https://forms.gle/fGw3gGbnNKRVTvwx8) orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Shoshiling, joylar soni cheklangan

Toshkent shahridagi 97 ta maktabda maktab o‘quvchilari va o'qituvchilari uchun elektron taʼlim resurslari taqdimoti o'tkazildi

25.04.2022 1571

Mart va aprel oylari mobaynida Toshkent shahrining 3 ta (Shayxontohur, Uchtepa va Olmazor) tumanlarida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari, tuman AKT mutaxassislari bilan hamkorlikda, o‘quvchilarga internet tarmog‘ida xavf solayotgan zararli axborotlarni oldini olish, ma'lumotlarni to'g'ri qidirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish yuzasidan zaruriy ko'rsatmalar berdilar. Shu bilan birgalikda, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun xalq taʼlimi tizimidagi foydali bo‘lgan quyidagi elektron taʼlim resurslarini taqdimoti o'tkazildi: MAKTAB.UZ KITOB.UZ - Apple Store / Play Маркет SMARTLAND - Apple Store / Play Маркет / веб-версия VR Путешествия Edu Kids Artshop EduCare

ITSM Toshkentdagi Webster Universitetida bo‘lib o‘tgan “Job and Career Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

21.04.2022 780

2022-yil 19-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Webster Universitetida “Job and Career Fair” bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 80 dan oshiq korxona, tashkiloti va muassasalar qatnashdilar.  Tadbirga maktablarning yuqori sinf o’quvchilari, universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o’z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Diqqat, tanlov!

19.04.2022 851

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Oʻzbekistondagi Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini tashkillashtirish xaridlari uchun tanlov e’lon qiladi.    Tanlov nomi: “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini tashkillashtirish. Moliyalashtirish manbai: Mazkur tanlov Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.  Tanlov shartlari va ishtirokchining majburiyatlari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Tanlovni tashkillashtirish bo‘yicha tajribaga ega tashkilotlar o‘z takliflarini info@itsm.uz elektron manziliga joriy yilning 5-may soat 18:00ga qadar yuborishlari lozim.  Batafsil ma’lumot yoki savollar bo‘yicha +998 71 207-39-39 raqamiga...

Aziz ota-onalar, o'quvchilar va barcha maktab xodimlari diqqatiga!

08.04.2022 752

Maktabingiz kutubxonasidagi kitoblarni berish jarayonida jurnal to'ldirishdan charchadingizmi? Kutubxonadan berilgan kitobingiz yo'qolib ketishidan xavotirdamisiz?  Unda sizga Xalq ta'limi vazirligining Elektron kutubxona tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz! Elektron kutubxona tizimi orqali kutubxonangizdagi barcha kitoblar va berilgan kitoblar soni hamda faol o'quvchilar statistikasini kuzatib borishingiz, tizimdagi "Kitoblar bazasi" orqali kutubxonangizda mavjud bo'lgan kitoblarni oson usulda qo'shib olishingiz mumkin bo'ladi.  Shuningdek, kutubxonangizdagi kitobni kimga va qancha muddatga berganingizni onlayn nazorat qilib borishingiz ham mumkin bo'ladi. Tizim Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi maktablarga joriy qilingan va foydalanish boshlangan.  Siz, ushbu maktablardan biriga tashrif buyurib tizim bilan tanishib chiqishingiz mumkin!

Informatika fani o‘qituvchilarini attestatsiyadan o'tkazish jarayonini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida soha mas'ullari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi

06.04.2022 794

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda pedagog kadrlarni shaffof hamda obyektiv baholash mezonlari yaratilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi IT faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Mo‘minov,  ITSM markazi Rivojlantirish bo‘yicha direktori N.Barnayev, Viloyat XTB monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Nasimov va boshqa  mas’ullar informatika fanidan o‘tkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, ularning faoliyatiga omad va zafarlar tilashdi. Test jarayonlariga barcha tuman(shahar) larda faoliyat olib borayotgan 874 nafar malaka toifasini olishga da’vogar informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Joylarda yetuk malakali kadrlar va elektron ta’lim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda

06.04.2022 746

Qashqadaryo viloyati XTV va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi. Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

"Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha 2022-yildagi o‘rganishlarning keyingi hududi Farg‘ona viloyati

04.04.2022 727

Jadvalda tumanlar kesimida o‘rganiladigan maktablar soni haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Baholash 6-aprel sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.

ICT4Girls Digital Camp dasturi yakunlandi!

29.03.2022 768

ICT4Girls Digital Camp dasturining so’ngi kunida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" Bosh direktori Abduvali Haydarov nutq so‘zlab, qizlarni yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirdi.  Tadbir davomida mazkur dasturda faol ishtirok etib, 3 kun davomida o‘z bilim va ko‘nikmalarini ishtirokchi qizlar bilan bo‘lishgan mentorlarga ham alohida minnatdorchilik bildirildi. Dastur davomida ishtirokchilar olgan bilimlarini aniqlash maqsadida mentorlar tomonidan turli ko‘rinishdagi imtihonlar o‘tkazildi.  Imtihonda yuqori baholangan 5 nafar qiz g‘olib deb topilib, noutbuk bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikatlar taqdim etildi.

ICT4Girls Digital Camp dasturi amalda

25.03.2022 789

Joriy yilning 23-mart sanasida O'zbekistonning turli hududlaridan saralab olingan 100 nafar qiz Toshkent viloyatida joylashgan "Charos" nomli dam olish maskaniga  ICT4Girls Digital Camp dasturida qatnashish uchun yetib kelishdi. Loyihaning ochilish marosimida qizlarga dastur haqida to’liq ma'lumot berib o’tildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar digital_campda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Eslatib o'tamiz, ITSM tomonidan amalga oshirilayotgan “Qizlarning IT-koʻnikmalarini rivojlantirish” [ICT4Girls] loyihasi Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Aziz vatandoshlar, qadrli ustoz va o‘quvchilar, "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" jamoasi sizlarni bahoriy yangilanish va yosharish ayyomi — Navro‘zi olam bilan muborakbod etadi!

21.03.2022 751

Navro'z ayyomi barchangizga qutlug' bo'lsin. Sizlarni sihat- salomatlik, omad va baxt, oilaviy totuvlik hech qachon tark etmasin.       Dimoqqa yalpizlar nafasi urar, Yurakda muattar chechaklar kular, Bir suluv kelinchak salomga kelar Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim! Navro'zing muborak, O'zbekistonim!  Bahoriy ayyom – Navro‘zi olam muborak

Uchtepa tumanidagi 129-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchilari va AKT xodimlari uchun elektron taʼlim resurslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

14.03.2022 853

Xalq taʼlimi vazirligi va "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan maktablardagi o‘quvchilarni AKTga o‘qitish, dasturlash tillariga o‘rgatish, foydali taʼlim resurslarini targ‘ib etish hamda o‘qituvchilarni informatika fanini o‘rgatish metodlari tahlil etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga xalq taʼlimi tizimidagi foydali va tavsiya etilayotgan elektron taʼlim resurslarini maktablarda keng joriy qilish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati maktab o‘quvchilari Registon, Ichan Qalʼa va Buxorodagi tarixiy - madaniy obyektlarga virtual sayohat qilishdi

12.03.2022 781

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati umumtaʼlim maktablariga ko‘mak berish uchun o‘rganish o‘tkazmoqda. Umumtaʼlim maktablaridagi AKT holatini o‘rganish bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarni Registon, Ichan Qalʼa va Buxorodagi tarixiy-madaniy obyektlariga virtual tarzda sayohat qilish imkoniyatlari namoyish etildi. Shuningdek o‘quvchi yoshlarga hamda o‘qituvchilarga xalq taʼlimi tizimidagi foydali elektron taʼlim resurslarini maktablarda keng joriy qilish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” jamoasi sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

08.03.2022 1006

Aziz va mo’tabar onajonlar, qadrli opa-singillar!  “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” jamoasi sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan qutlaydi. Sizga va oila a'zolaringizga tuganmas baxt-saodat, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin, hayotingiz esa yoqimli lahzalarga to‘la bo‘lsin. Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, ulug' va ezgu maqsadlaringiz yo'lida hech qachon tolmang. Bayramingiz muborak bo'lsin! 

Diqqat, tanlov!

07.03.2022 2027

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Oʻzbekistondagi Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida maktab/kasb-hunar maktabi/kollej/texnikum/akademik litsey oʻquvchi qizlari uchun bahorgi IT oromgohni tashkillashtirish xaridlari uchun tanlov e’lon qiladi.    Tanlov nomi: “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida maktab/kasb-hunar maktabi /kollej /texnikum /akademik litsey oʻquvchi qizlari uchun bahorgi IT oromgohni tashkillashtirish. Moliyalashtirish manbai: Mazkur tanlov Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.  Tanlov shartlari va ishtirokchining majburiyatlari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Tanlovni tashkillashtirish bo‘yicha tajribaga ega tashkilotlar o‘z takliflarini info@itsm.uz elektron manziliga joriy yilning 15-mart kuni soat 18:00ga qadar...

Xalq ta'lim vazirligining elektron ta'lim resurslari Samarqand viloyati televideniyasi "Kun xabarlari" informatsion dasturi reportajida

04.03.2022 1171

ITSM ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyati maktablari quyidagi elektron ta'lim resurslari bilan tanishtirildi: MAKTAB.UZ KITOB.UZ - Apple store | Play Market SMARTLAND - Apple store | Play Market VR SAYOHAT EDU KIDS ARTSHOP 

1-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazildi

02.03.2022 1211

Yigʻilishda 2022−2026-yillarga mo’ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo’llab-quvvatlash dasturi qabul qilinishi va ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun bir qator keng imkoniyatlar berilishi ma'lum qilindi.  Jumladan, 2022-yildan boshlab har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizni IT sohasida oʻqitish davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Eslatib oʻtamiz, 2021-yil noyabr oyidan beri ITSM “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (ICT4Girls) loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

ICT4Girls loyihasining Digital Camp dasturiga qabul boshlandi, dasturga ariza topshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

22.02.2022 4104

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ICT4Girls loyihasi doirasida yurtimiz qizlarining IT ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ICT4Girls Digital Camp dasturi uchun qabul boshlangani e'lon qilindi. Dasturda 15 va undan katta yoshdagi maktab/kasb-hunar maktabi/kollej/texnikum/akademik litsey o‘quvchi qizlari ishtirok etishi mumkin. Oromgoh yo‘nalishlari:   Veb-dasturlash  Mobil dasturlash  Raqamli marketing   Veb-dizayn  STEM *STEM yo‘nalishidagi o‘quv dastur 8-11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. 4 kunlik oromgoh Toshkent viloyatida bahorgi ta’til davomida bo‘lib o‘tadi.  Oromgoh bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. ISHTIROK ETISH UCHUN YO‘NALISHLAR BO‘YICHA TALABLAR: Veb-dasturlash | Mobil dasturlash | Raqamli marketing | Veb-dizayn yo‘nalishlari uchun ariza topshiruvchilardan quyidagilar so‘raladi: 1. Ariza topshiruvchi o‘zi haqida ingliz tilida tayyorlagan 60 soniyali video (majburiy). Videoda quyidagi savollarga javob berishingizni...