News

A new step towards effective cooperation

29.05.2023 26

On may 29 of this year, a meeting with the representative of the Cambridge Assessment Stephen King was held under the leadership of ITSM General Director Mirbabayev Farrukh Atkhamovich. During the meeting, variative education and STEM issues, the system of assessment of students as well as the possibilities of cooperation within the framework of practical tasks of scientific disciplines were discussed.

May 9 is the Day of Remembrance and Honors!

09.05.2023 104

May 9 is the personification of the unity of the multinational people of Uzbekistan. We remember the heroes and defenders of the Motherland with deep gratitude and pride. On this day, we wish the people of Uzbekistan good, well-being and prosperity. May peace and tranquility always reign in our country! Sincerely, the team of the Center for Innovation, Technology and Strategy.

The training ”AI for Girls V2.0" has started

05.05.2023 161

On May 4 of this year, the project "Artificial Intelligence for Girls" - AI for Girls V2. 0, which will last 2 days, was launched and was developed by the Center for Innovation, Technology and Strategy under the Ministry of Preschool and School Education of the Republic of Uzbekistan and is being implemented in cooperation with the Ministry of Digital Technologies and Constructor University, Germany. The purpose of the project - the development of girls' IT skills, the basics of programming and working with artificial intelligence. The two-day training was attended by 29 pupils from secondary schools aged 14 to 18 years,...

ATTENTION ANNOUNCEMENT!!!

20.04.2023 338

ITSM and the German Constructor University announce the training incubator "AI for Girls v2.0". The acceptance of applications for the educational incubator "AI for Girls v2.0", will begin very soon, which is organized in cooperation with the Ministry of Digital Technologies. This initiative is being implemented to develop artificial intelligence skills among female students in Uzbekistan. The training incubator will be held on May 4-5 in Tashkent. The training is intended for students of secondary schools, academic lyceums, vocational schools and colleges. Selection criteria: knowledge of the basics of programming algorithms, Scratch and English language. Follow our news!

"Edison Workshop" mahorat darsidan video lavha

19.04.2023 181

ITSM tomonidan "EdScratch, EduBlocks, EdPy, Python va Edison-Loops dasturlash tillaridan foydalanish asoslari hamda robotlarni boshqarish tizimlari" kabi mavzularda tashkil etilgan "Edison Workshop" mahorat darsidan video lavha.

Bugun ITSM tomonidan umumta'lim maktablarining AKT oʻqituvchilari uchun dasturlash va robototexnika boʻyicha "Edison Workshop" mahorat darslari tashkil etildi.

17.04.2023 186

O'quv mashg'ulotlari IT-Park hamda AQSh elchixonasi koʻmagida, "Stem4learning" (AQSh) kompaniyasi vakili, STEAM ta'limi bo'yicha murabbiy va mutaxassis Allan Miller boshchiligida olib borildi. Trening ishtirokchilari AKT darslarini mazmunli va qiziqarli o'tish usullari,  "EdScratch", "EduBlocks", EdPy, "Python" va "Edison-Loops" dasturlash tillaridan foydalanish asoslari, robotlarni boshqarish  tizimlari kabi mavzularni ko'rib chiqdilar. Amaliy mashg'ulotlar o'qituvchilarga robototexnika va dasturlash tushunchalarini chuqurroq o'zlashtirish, kasbiy faoliyatlari jarayonida ulardan to'g'ri va samarali foydalanish uslublari bilan tanishish imkonini berdi.

Bugun 9-aprel sanasida, Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

09.04.2023 160

Amir Temur – tarixda o‘chmas iz qoldirgan, Sharq va G‘arb davlatlari yuksak baholagan dono strateg, dovyurak sarkarda, adolatli davlat arbobi, o‘z xalqiga ozodlik va hurlik nashidasini taqdim etgan Buyuk shaxs bo‘lgan.      Amir Temurning davlat va qo'shin tuzilishidagi islohotlari, hattoki, raqiblari tomonidan ham o‘z davrining buyuk kashfiyotlari sifatida yuksak baholangan.  Amir Temur tuzgan davlatning qudrati, madaniy va maʼnaviy yuksakligi, jahonga mashhur ko‘plab olimlarni yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bugun Sohibqiron Amir Temur davlatimiz va xalqimiz ardog‘ida!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining YouTube dagi "Milliy taʼlim resurslari" kanalidan SUPER yangilikni siz bilan baham ko'rishga shoshilmoqdamiz!

07.04.2023 210

Qadrli kuzatuvchilarimiz! Joriy yilning 10-aprel sanasidan boshlab,  "Milliy ta'lim resurslari" rasmiy kanalimizga 7 turdagi, hozirda urfda bo'lgan va katta daromad keltiradigan kasblarni o'rgatuvchi video-darsliklarni e'tiboringizga havola etamiz! Ushbu video-darsliklarimiz, quyidagi ro'yxatda keltirilgan: 1. Mobilografiya  2. Copywriting 3. Biznesda ingliz tili  4. Proyekt menejer  5. Biznes etika  6. Hayot faoliyati xavfsizligi 7. Liderlik qobiliyatini shakllantirish "Milliy ta'lim resurslari" kanaliga obuna bo'lishni unutmang, bizni kuzatib boring va birinchilardan bo‘lib, yangi yo'nalishdagi  video-darslarimiz foydalanuvchisiga aylaning! 71 2020909

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida, my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

05.04.2023 285

Hurmatli ota-onalar! Endilikda Siz, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining my.maktab.uz platformasida yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan farzandingizni Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda oʻtkazish boʻyicha ariza berish imkoniyatiga egasiz. Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yoʻriqnoma orqali hamda t.me/mymaktab_uz Telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.  

“BETT Show Tech exhibition” koʻrgazmasi doirasida bir qator samarali uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

01.04.2023 124

ITSM jamoasi London koʻrgazmasidagi ishtiroki davomida Kembrij shahrida joylashgan “Cambridge University”ning fizika boʻlimi mutaxassislari bilan “STEAM” taʼlimoti hamda “Cambridge Assessment” kompaniyasi vakillari bilan Oʻzbekistonda “STEM” — “Science Technology Engineering Math” taʼlimi mavzusiga bagʻishlangan bir qator muhokama uchrashuvlarini oʻtkazdilar. “Cambridge Assessment” vakillari orasida Yevropa va Osiyo mintaqasidagi islohotlar boʻlimi boshligʻi — Steve King, oʻquv dasturlari va oʻquv materiallari boʻlimi boshligʻi — Daniel Morish, taʼlim texnologiyalari boʻlimi boshligʻi va “Cambridge University” professori — Julia Citron xonim va boshqalar ishtirok etdilar. Uchrashuvlar davomida “STEAM” tashabbuslari orqali yurtimizga koʻproq innovatsiya loyihalarini olib kelish uchun mavjud taʼlim usullarini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

“BETT Show Tech exhibition” koʻrgazmasining ikkinchi ish kuni taassurotlari

30.03.2023 160

Xabaringiz bor, ITSM jamoasi London shahrida boʻlib oʻtayotgan innovatsion koʻrgazmada ishtirok etmoqda. Bugun koʻrgazma doirasida tashkil etilgan qiziqarli tadbirlarning bir nechtasi bilan quyida tanishtirib oʻtamiz: Robototexnika namoyishi — aqlli robotlarning obyektlarni tanish/aniqlash/tasniflash, navigatsiya va video kuzatishni oʻz ichiga olgan vazifalarni qanday bajarishi namoyish etildi; Dasturlash darslari — “Python” va “Javascript” kabi turli tillarda dasturlashni oʻrgatadigan tajribali oʻqituvchilardan amaliy koʻnikmalar taqdim etildi; Zamonaviy kompyuterlar va ularning aksessuarlari namoyishi — “Microsoft” va “Apple” kabi yirik kompaniyalar tomonidan barcha yangi ishlab chiqilgan qurilmalar, shuningdek ular uchun aksessuarlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari, yaqin kunlarda taʼlim bozorida katta muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilayotgan innovatorlarning qiziqarli chiqishlari ham taqdim etildi. Taʼlim...

“BETT Show Tech exhibition” koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi

29.03.2023 152

Bugun London shahridagi “ExCeL London”da har yili oʻtkaziladigan “British Educational Technology Trade (BETT) Show” koʻrgazmasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Va yana, butun dunyo boʻylab odamlar, taʼlim sohasidagi zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni oʻrganish uchun Londonda toʻplanmoqdalar. Ushbu hafta davomida koʻrgazma doirasida texnologiya va taʼlimga ixtisoslashtirilgan koʻplab qiziqarli tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan. ITSM jamoasi ham ushbu koʻrgazmada ishtirok etmoqda. Kanalimizni kuzatishda davom eting, navbatdagi postlarimizda koʻrgazma doirasidagi tadbirlarga doir batafsil maʼlumotlarni berib boramiz.

"Navroʻzi Olam" muborak

21.03.2023 165

Navroʻz bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayramidir. Millati va dinidan qatʼiy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha insonlar uchun birdek sevimli, keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona hisoblanadi! Aziz vatandoshlarimiz, mehribon ustoz va murabbiylarimiz, qadrli yoshlarimiz, “Innovatsiya texnologiya va strategiya markazi” jamoasi Sizlarni bahoriy yangilanish va yosharish ayyomi — "Navroʻzi Olam" bilan muborak etadi! Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-totuvlik, baxt-saodat tilab qoladi! Yurtimizni yosharish, yangilanish va bahoriy kayfiyat hech qachon tark etmasin!  

Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

18.03.2023 178

Bugun 18-mart, yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan umumxalq hashari Navroʻz bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida tashkil etilib, unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari ham qizgʻin ishtirok etmoqda. Vazirlik atrofidagi hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, yangi daraxt va gul koʻchatlari ekildi. Shuningdek, ushbu kunda mamlakatimiz boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur video yoʻriqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin

13.03.2023 177

Qadrli kuzatuvchilar! Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish boʻyicha koʻplab savol va murojaatlar kelib tushmoqda. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yoʻriqnoma tayyorlandi. Mazkur video yoʻriqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.  

Eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun ariza topshirish

10.03.2023 184

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Koll-markazi tomonidan 2023-yilning mart oyi birinchi haftasi mobaynida aholi tomonidan kelib tushgan dolzarb murojaatlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi. Unga koʻra, hafta davomidagi 250 ta murojaat, Eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligi doirasida boʻlib, quyida kelib tushgan dolzarb savollar va ularning javoblari keltirilgan: - Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati qachongacha? - Ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-martdan 1-mayga qadar davom etadi. - 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar topshirish kerak? - Oʻquvchi taʼlim olgan maktabi tomonidan taqdim etilgan baholar tabeli nusxasi yoki 9-sinfni tamomlamaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza berish jarayonida...

“8 mart — Xotin-qizlar kuni”

08.03.2023 146

Aziz va moʻtabar ayollar, goʻzal opa-singillar va mehribon onajonlar! Sizni ushbu goʻzal bahor faslining ilk bayrami, “8 mart — Xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizga va siz orqali oilangizning goʻzal ayollariga sihat-salomatlik, tuganmas baxt-saodat, xonadoningizga fayz va baraka tilaymiz! Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, ulugʻ va ezgu maqsadlaringiz yoʻlida hech qachon tolmang. Bayramingiz muborak boʻlsin! Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi.

14.02.2023 164

Zahiriddin, bu qanday savdo, Qora hijrat sari yuz tutmoq? Yuragingni etar-ku ado, Tirik turib, Vatandan ketmoq?! Zahiriddin, ortga bir qara, Ortga boq, ey, sheri sargardon, Axir, keyin tushlaringda ham, Bu tuproqni koʻrmogʻing gumon”. Bugun ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, Boburiylar saltanati asoschisi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil toʻldi. Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va oʻz ismiga monand sher yurak sarkarda ham edi. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, oʻz ona tili, oʻzbek...

Metallurgning bir ish kuni!

25.01.2023 211

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda oʻquvchilarga maktabning oʻzida 64 xil kasb va hunar oʻrgatilishi boʻyicha vazifa qoʻyildi. Biz oʻquvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga boʻlgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz. Metallurg — metall qazib olish va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadigan ogʻir sanoat mutaxassisi sanaladi. Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan ogʻir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz. Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Maʼlumot uchun:  2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun...

Siz gaz plitasi qachon va qayerda paydo boʻlganini bilasizmi? 

23.01.2023 154

Hozirgi kunda har bir uyda gaz plitasi mavjud, uning yordamida ovqatlarni tezda pishirish va isitish mumkin. Gaz plitasidan foydalanishni hammamiz bilsak-da, lekin u qanday ishlashi va qachon ixtiro boʻlganini barcha ham birdek bilavermaydi!  Keling, buni birgalikda ushbu video orqali bilib olamiz!  Yaqinlaringiz bilan boʻlishishni aslo unutmang!