Yangiliklar

IT sohasida katta cho‘qqilarni zabt etishni xohlaysizmi?

27.05.2022 2014

IT sohasida katta cho‘qqilarni zabt etishni xohlaysizmi?  ITSM IT sohasining turli yo‘nalishlarini o‘rganmoqchi bo‘lgan yosh qizlarga yordam beradi va har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi!  Uzoq vaqt davomida ushbu sohaning yuqori malakali mutaxassisi bo‘lishni orzu qilib, biroq nimadan boshlashni hal qila olmay kelmoqdamisiz? "ICT4Girls" loyihasi yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi! ITSM tomonidan Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyiha ishtirokchisi — Maftuna Mahkamova o‘zining taassurotlari haqida so‘zlab beradi.  Maftuna "Digital Camp" dasturining "Mobile development" yo‘nalishi g‘olibi bo‘lgan. Kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishga intilayotgan yosh qahramonimiz haqida Gazeta.uz saytida o‘qishingiz mumkin!

ITSM ta'lim tizimini takomillashtirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda davom etmoqda!

25.05.2022 1906

25-may kuni Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi rahbariyatining “Omega”, “Megafon”, “Informatsion texnologiyalar fabrikasi” va “Digital Holding” xorijiy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kompaniya vakillari o‘zlarining IT-mahsulotlari va ta’lim sohasiga oid ishlanmalarini taqdim etdilar hamda ITSM rahbariyati bilan xalq ta'limi tizimidagi istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.  

ITSM hamda EPAM kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

25.05.2022 2189

Joriy yilning 24-may kuni Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda EPAM kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida EPAM Belarus kompaniyasining ta'lim loyihalari bo'yicha direktori Dmitriy Yarmak tomonidan EPAMning O'zbekistondagi faoliyati va istiqbolli rejalari haqida ma'lumot berildi.  Shuningdek, EPAM kompaniyasi vakillari xalq ta’limi tizimidagi raqamlashtirish va innovatsiyalar yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar.  Muloqot davomida, EPAM kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda yangi raqamli Universitet tashkil etilayotgani haqida ma'lumot berildi hamda onlayn ta'lim jarayonida innovatsion g'oyalar bo'yicha hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi. ITSM tomonidan ham ushbu tashabbus maktab bitiruvchilariga keng targ'ib qilinishi bo'yicha amaliy yordam berilishi ta'kidlandi.

Navoiy shahridagi umumtaʼlim maktablarida Xalq taʼlimi vazirligining elektron taʼlim resurslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20.05.2022 2280

Xalq taʼlimi vazirligi va "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari tomonidan o‘quvchilarning yozgi taʼtil vaqtini unumli va maroqli o‘tkazishini ta'minlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yaratilgan Milliy segmentdagi elektron taʼlim resurslari bilan tanishtirish ishlari amalga oshirildi.  Bundan tashqari, o‘quvchilarni hozirda zamonaviy bo'lgan kasblarga qiziqishlarining tahlili natijasida, robototexnika, dasturlash va IT sohasidagi barcha kasblarni o'rganish bo'yicha tavsiyalar berildi. Taqdimot mobaynida o‘quvchilar o'zlariga qiziqarli bo‘lgan savollarga javoblar topgan holda o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdilar. Taʼkidlash joizki, o‘qituvchilar tomonidan loyihalarning shaxsiy rivojlanish va kasbiy bilimlarni oshirishdagi roli alohida ta'kidlandi.

ICT4Girls mentorlik dasturi g'oliblari e’lon qilindi va grant bilan taqdirlandi

14.05.2022 2174

Mentorlik dasturi ishtirokchilari ma'lum ijtimoiy muammoga yechim beruvchi 10 ta IT-mahsulot yaratdi. Ushbu loyihalar betaraf soha mutaxassislari tomonidan maxsus mezonlar asosida baholangan edi.  Bugun Forum doirasida ushbu loyihalar orasidan yuqori baholangan 3 IT-mahsulot nomi e'lon qilinib, ularni rivojlantirish va ishga tushirish maqsadida ajratilgan 50 million so‘mlik grant taqdim etildi. Dastur g'oliblari: Mashkhura Eshmatova Muharrir platformasi bilan; Sabohat Qalandarova ayollar uchun yaratilgan maxsus mobil ilova bilan; Zilolaxon Yo'ldosheva yoshlarni kasbga yo‘naltirishga yordam beruvchi vebsayt bilan. Dasturning qolgan 7 ishtirokchisi esa noutbuk bilan taqdirlandi. Barcha dastur ishtirokchilariga va mentorlariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Ularga IT-yechimlarni rivojlantirishda muvaffaqiyat tilaymiz va yakuniy mahsulot bilan tanishishni kutib qolamiz.

IT sohasida nega ko‘proq ayollarga ehtiyoj sezilmoqda?

13.05.2022 2262

Bugungi zamon yangilik va innovatsiyalarga asoslangani sababli IT sohaga ko‘proq ayollar va qizlarni jalb qilish dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi 1-panel muhokamasi aynan shu mavzuga qaratildi. Forum ning 1-panel muhokamasida: Xilola Umarova, Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori  Rustam Karimjonov, Xalq ta’lim vaziri o’rinbosari Farhod Ibragimov, IT-park direktori Pekos Oleg Andreyevich, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari ishtirok etdi. Muhokama davomida spikerlar aynan shu mavzuni keng qamrab oluvchi mulohazalar, ya’ni ish joyida gender xilma-xillikni ta’minlash turlicha fikrlash, o‘zgalar fikri va qarashlari bilan hisoblashish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga start berildi!

13.05.2022 1893

O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari Akmal Saidov, Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov va Shveysariyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakili Rahel Boesch ochib berdilar. Bugungi forum 4 paneldan iborat bo’lib, ularda IT sohasidagi quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda: – IT sohasida nega ko‘proq ayollarga ehtiyoj sezilmoqda;  – IT ta’limda mavjud muammolar va muvaffaqiyat hikoyalari; – IT olamida ayollar bandligini oshirish: muammo va yechimlar; – IT’da muvaffaqiyatli karyera qilish.

IT olamida ish/oʻqish izlayapsizmi?

12.05.2022 1898

Sizni 13-may kuni Hilton mehmonxonasida boʻlib oʻtuvchi mehnat va ta'lim yarmarkasiga taklif etamiz! Yarmarkada IT-ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchi oliygohlar, oʻquv markazlari, mahalliy va xalqaro IT-kompaniyalar va boshqa tegishli tashkilotlar oʻzlarida mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot beradi.  Mehnat va ta'lim yarmarkasi faqat qizlar uchun emas, yigitlar uchun ham ochiq. Yarmarkaga tashrif buyurish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas. Demak, Sizni ertaga (13-may) soat 14:00-17:00da Hilton mehmonxonasida kutamiz!

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi BMT Taraqqiyot Dasturining BOOST akseleratoriga qabul qilindi

07.05.2022 1856

BMTTDning Yevropa va Markaziy Osiyodagi hududiy ijtimoiy innovatsion dasturi bo'lgan BOOST: Innovator ayollar akselerator dasturida ishtirok etuvchi 55 gʻolib nomini e'lon qildi. ITSM ham ushbu gʻoliblar qatorida ayollarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 12 haftalik mentorlik va o‘quv dasturida ishtirok etadi.  BOOST quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha innovatsiyalarga chorlovchi mintaqaviy dastur hisoblanadi:  – maʼlumotlar bilan ishlashda ayollar; – ayollar va raqamli imkoniyatlar; – STEM va raqamli iqtisodiyotda ayollar; – texnologik innovatsiyalarda yetakchi ayollar. Dasturda ishtirok etish uchun Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidan 20 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq ariza qabul qilinib, ulardan 55 tasi saralab olindi.  Ma'lumot uchun, “BOOST: Innovator ayollar” dasturi Koç Holding va Slovakiya Respublikasi Moliya...

Joriy yilning 30-aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi

30.04.2022 1973

Hashar munosabati bilan, bugun "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan 316-sonli umumta'lim maktabi bog'ida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Maktab bog'i tartibga keltirilib, tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab bog'iga 20 tup mevali va manzarali daraxt ko'chati ekildi.

ITSM Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

30.04.2022 1983

2022-yil 28-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 100 dan oshiq korxona, tashkilot va muassasalar qatnashdilar.  Tadbirga universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o‘z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga taklif etamiz!

29.04.2022 1994

ICT4Girls loyihasi doirasida 13-may kuni Hilton mehmonxonasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi boʻlib oʻtadi. Tadbirda  davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va oʻquv markazlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.  Forum  - IT sohasida qizlarga berilayotgan eʼtiborni koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash; - qizlar tomonidan ishlab chiqilgan IT-loyihalarni ragʻbatlantirish; - sohadagi mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash maqsadlarida tashkil etilmoqda. Forum doirasida IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari haqida ma'lumot berish maqsadida mehnat va ta'lim yarmarkasi ham tashkil etiladi. Forumda ishtirok etish bepul. Buning uchun 7-mayga qadar ushbu havola (https://forms.gle/fGw3gGbnNKRVTvwx8) orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Shoshiling, joylar soni cheklangan

Toshkent shahridagi 97 ta maktabda maktab o‘quvchilari va o'qituvchilari uchun elektron taʼlim resurslari taqdimoti o'tkazildi

25.04.2022 3298

Mart va aprel oylari mobaynida Toshkent shahrining 3 ta (Shayxontohur, Uchtepa va Olmazor) tumanlarida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari, tuman AKT mutaxassislari bilan hamkorlikda, o‘quvchilarga internet tarmog‘ida xavf solayotgan zararli axborotlarni oldini olish, ma'lumotlarni to'g'ri qidirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish yuzasidan zaruriy ko'rsatmalar berdilar. Shu bilan birgalikda, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun xalq taʼlimi tizimidagi foydali bo‘lgan quyidagi elektron taʼlim resurslarini taqdimoti o'tkazildi: MAKTAB.UZ KITOB.UZ - Apple Store / Play Маркет SMARTLAND - Apple Store / Play Маркет / веб-версия VR Путешествия Edu Kids Artshop EduCare

ITSM Toshkentdagi Webster Universitetida bo‘lib o‘tgan “Job and Career Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

21.04.2022 2114

2022-yil 19-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Webster Universitetida “Job and Career Fair” bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.  Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 80 dan oshiq korxona, tashkiloti va muassasalar qatnashdilar.  Tadbirga maktablarning yuqori sinf o’quvchilari, universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o’z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Diqqat, tanlov!

19.04.2022 1998

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Oʻzbekistondagi Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini tashkillashtirish xaridlari uchun tanlov e’lon qiladi.    Tanlov nomi: “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini tashkillashtirish. Moliyalashtirish manbai: Mazkur tanlov Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.  Tanlov shartlari va ishtirokchining majburiyatlari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Tanlovni tashkillashtirish bo‘yicha tajribaga ega tashkilotlar o‘z takliflarini info@itsm.uz elektron manziliga joriy yilning 5-may soat 18:00ga qadar yuborishlari lozim.  Batafsil ma’lumot yoki savollar bo‘yicha +998 71 207-39-39 raqamiga...

Aziz ota-onalar, o'quvchilar va barcha maktab xodimlari diqqatiga!

08.04.2022 1870

Maktabingiz kutubxonasidagi kitoblarni berish jarayonida jurnal to'ldirishdan charchadingizmi? Kutubxonadan berilgan kitobingiz yo'qolib ketishidan xavotirdamisiz?  Unda sizga Xalq ta'limi vazirligining Elektron kutubxona tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz! Elektron kutubxona tizimi orqali kutubxonangizdagi barcha kitoblar va berilgan kitoblar soni hamda faol o'quvchilar statistikasini kuzatib borishingiz, tizimdagi "Kitoblar bazasi" orqali kutubxonangizda mavjud bo'lgan kitoblarni oson usulda qo'shib olishingiz mumkin bo'ladi.  Shuningdek, kutubxonangizdagi kitobni kimga va qancha muddatga berganingizni onlayn nazorat qilib borishingiz ham mumkin bo'ladi. Tizim Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi maktablarga joriy qilingan va foydalanish boshlangan.  Siz, ushbu maktablardan biriga tashrif buyurib tizim bilan tanishib chiqishingiz mumkin!

Informatika fani o‘qituvchilarini attestatsiyadan o'tkazish jarayonini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida soha mas'ullari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi

06.04.2022 1962

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda pedagog kadrlarni shaffof hamda obyektiv baholash mezonlari yaratilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi IT faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Mo‘minov,  ITSM markazi Rivojlantirish bo‘yicha direktori N.Barnayev, Viloyat XTB monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Nasimov va boshqa  mas’ullar informatika fanidan o‘tkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, ularning faoliyatiga omad va zafarlar tilashdi. Test jarayonlariga barcha tuman(shahar) larda faoliyat olib borayotgan 874 nafar malaka toifasini olishga da’vogar informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Joylarda yetuk malakali kadrlar va elektron ta’lim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda

06.04.2022 1994

Qashqadaryo viloyati XTV va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi. Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

"Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha 2022-yildagi o‘rganishlarning keyingi hududi Farg‘ona viloyati

04.04.2022 2062

Jadvalda tumanlar kesimida o‘rganiladigan maktablar soni haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Baholash 6-aprel sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.

ICT4Girls Digital Camp dasturi yakunlandi!

29.03.2022 1985

ICT4Girls Digital Camp dasturining so’ngi kunida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" Bosh direktori Abduvali Haydarov nutq so‘zlab, qizlarni yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirdi.  Tadbir davomida mazkur dasturda faol ishtirok etib, 3 kun davomida o‘z bilim va ko‘nikmalarini ishtirokchi qizlar bilan bo‘lishgan mentorlarga ham alohida minnatdorchilik bildirildi. Dastur davomida ishtirokchilar olgan bilimlarini aniqlash maqsadida mentorlar tomonidan turli ko‘rinishdagi imtihonlar o‘tkazildi.  Imtihonda yuqori baholangan 5 nafar qiz g‘olib deb topilib, noutbuk bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikatlar taqdim etildi.