Shanxay fan va texnologiya universitetiga tashrif: ta'limni raqamlashtirish sari qadam!

20.09.2024

1045

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda mahalliy universitetlar mas'ul xodimlari 19-21 sentabr kunlarida bo'lib o'tadigan "Huawei Connect 2024" tadbirida ishtirok etish maqsadida Shanxay shahriga tashrif buyurishdi!

Bugun bizning delegatsiya Shanxay fan va texnologiyalar universitetida (USST) ta'lim sohasiga oid faol amalga oshirilayotgan bir qancha raqamli va innovatsion tashabbuslar bilan tanishib chiqishdi.

Shanxay fan va texnologiya universitetida samarali va xavfsiz ta'lim muhitini yaratishga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalar tajribasini o'rganib chiqib, biz ham o'z ta'lim muhitimizni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu g'oyalarni qo'llashga intilamiz.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin