Mustaqillik bayrami qutlug‘ bo‘lsin!
01.09.2023
5197
1 sentabr - jahon xaritasida mustaqil va suveren davlat, o‘z bayrog‘i, madhiyasi, gerbi kabi milliy ramzlariga, Davlat Qomusi - Konstitutsiyasiga ega, o‘zining qatʼiy maqsad yo‘li va porloq kelajak sari intiluvchan fuqarolariga ega - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilgan kun!
Bu kun xalqimizning asriy orzusi amalga oshgan, ozodlik va hurlik nashidasi, ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklangan kundir!
Eng qadrli bayramlarimizdan biri bo‘lgan, Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan xalqimizni muborak etamiz!
Vatanimiz hurligi, erkinligi va farovonligi, yurtimiz tinchligi hamda osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan, ITSM jamoasi