Yangiliklar

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni!

10.12.2024 101

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 - yil 21 - noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 - yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan global muammolardan biridir. Bizning burchimiz – korrupsiyaning oldini olish va uning zararli oqibatlarini kamaytirishdir.  Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

ITSM va Huawei kompaniyasi o’rtasida memorandum imzolandi!

03.10.2024 1182

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ta'lim sohasida eng yangi texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish yo'lida muhim qadamlar qo'ymoqda. Ushbu jarayon doirasida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa qo'shma loyihalar va tashabbuslar uchun yangi zamin yaratadi.Ushbu hamkorlik Smart Classroom, Smart Security va Cloud Data kabi bir qancha muhim yo'nalishlarni ta'lim jarayoniga joriy etish bo'yicha amalga oshiriladi. Smart Classroom (aqlli sinf) konseptsiyasini amalga oshirish nafaqat o'quv jarayonini yaxshilashga, balki o'qituvchi va o'quvchilarning yanada samarali o'zaro munosabatni ta'minlaydigan muhitni yaratishga imkon beradi; Smart Security texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni himoya qila oladigan yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi;Cloud Data yo'nalishi ta'lim resurslarini boshqarish va tahlil qilish...

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi "Huawei Connect 2024" sammitida!

20.09.2024 1827

2024 yil 19-21 sentabr kunlarida Shanxay shahrida "Huawei Connect 2024" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirda axborot texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida Markaz rahbariyati Huawei ekspertlari va boshqa soha rahbarlari bilan uchrashib, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarida Sun'iy intellektdan muvaffaqiyatli foydalanish misollari bilan tanishdilar.  Ishtirokchilarning ta'kidlashicha, Sun'iy intellektni joriy etish ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirishi, uni yanada qulayroq va har bir o'quvchining ehtiyojlariga moslashtirishi mumkin. O'zbekiston delegatsiyasi yangi texnologiyalarni mavjud ta'lim dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlarini faol muhokama qildi.

Shanxay fan va texnologiya universitetiga tashrif: ta'limni raqamlashtirish sari qadam!

20.09.2024 1601

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda mahalliy universitetlar mas'ul xodimlari 19-21 sentabr kunlarida bo'lib o'tadigan "Huawei Connect 2024" tadbirida ishtirok etish maqsadida Shanxay shahriga tashrif buyurishdi! Bugun bizning delegatsiya Shanxay fan va texnologiyalar universitetida (USST) ta'lim sohasiga oid faol amalga oshirilayotgan bir qancha raqamli va innovatsion tashabbuslar bilan tanishib chiqishdi. Shanxay fan va texnologiya universitetida samarali va xavfsiz ta'lim muhitini yaratishga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalar tajribasini o'rganib chiqib, biz ham o'z ta'lim muhitimizni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu g'oyalarni qo'llashga intilamiz.

Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan memorandum imzolandi

10.09.2024 2063

Taʼlim sohasini innovatsion rivojlantirish yo'lida yana bir hamkorlik memorandumi imzolandi! Ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga intilish doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi  hamda O‘zbekiston Respublikasi taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish uchun yangi zamin yaratadi. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: Qo'shma faoliyatning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan mahalliy va xorijiy grantlarda ikkala muassasaning ishtirok etishi bo'ladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy qilish; Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; Axborot tizimlarini integratsiyalash, taʼlim platformalarini va ularning mobil ilovasini ishlab chiqishni tashkillashtirish; Ta'lim...

Ta'lim sohasidagi yana bir hamkorlik!

22.07.2024 3311

"Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" DUK  hamda "China Education Silk Road Education Technology" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!  Hamkorlik doirasida maktab o'quvchilariga Xitoy tili kurslarini joriy etish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu yondashuv nafaqat maktab o'quvchilarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytiradi, balki mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam ko'prik bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida o'quvchilar uchun onlayn IT kurslar tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bu kurslar o'quvchilarda axborot texnologiya ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

“O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish

19.07.2024 3424

Joriy yilning 19-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK hamda “O'zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi” vakillari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi! Mazkur uchrashuv davomida maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, taʼlim sohasida raqamlashtirish, media-mahsulotlarini ishlab chiqish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko'zda tutildi.

Sizlarni 30-iyun - Yoshlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

30.06.2024 3994

Aziz yoshlar, Sizlarni bugungi bayramingiz 30-iyun - Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! Siz yurtimizning mustahkam ishonchi, maqsadga intiluvchan yorug’ kelajagi, ertamizning umidisiz! O’zbekistonimizning yangidan-yangi marralarini zabt etishingizda sizlarga ulkan zafarlar, kuch-g’ayrat, shijoat, baxt va oilaviy farovonlik tilab qolamiz! Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!

Call-markazga eng ko'p tushayotgan savollarga javoblar

28.06.2024 3918

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi? - Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.  Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari  uchun ham taalluqlidir. Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi. Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin? - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq,  ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta...

Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi ishga tushirildi.

20.06.2024 4185

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

11.06.2024 4146

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

O'zbekistonda birinchi Xalqaro O'yin va Animatsiya festivali.

06.06.2024 4031

Game Fest festivali 2024 yil 3-4 iyun kunlari IT Park majmuasida bo'lib o'tdi.  IT sohasi, o‘yin va animatsiya sanoati, kibersport industriyasi mutaxassislarini bir joyga to'plagan ushbu festivalda ITSM jamoasi ham ishtirok etdi. Tadbir davomida O’yinlar va animatsiyalar ko’rgazmasi, Kibersport turniri, Kospley-Shou, Vizual san’at ko’rgazmasi va Musiqiy festivali bo'lib o'tdi.

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida ish faoliyatini optimallashtirish bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

22.05.2024 3688

Mazkur taqdimot ITSM rahbari Sh.Djurabayev hamda direktor maslahatchisi A.Haydarov tomonidan o’tkazildi. Xodimlarning ish sifatini oshirish, yangi innovatsion loyihalarni jalb etish, shuningdek, markaz yo‘nalishlarini ko‘paytirishga oid mavzular ko‘rib chiqildi.  ITSM ish faoliyatini optimallashtirish kompaniya rivojlanishiga, uning raqobatbardoshligini oshirishga va innovatsion g‘oyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim jarayondir.

EdTechUZ: "Empowering Education through Technology for teachers" 3-o'quv seminari yakunlandi.

22.05.2024 3567

Bugun 2-dekabr kuni Toshkent shahri Cambridge International School xususiy maktabida ITSM, Cultural Vistas, Cambridge International School va The E.Muskie Program hamkorligida yakuniy seminar-trening bo'lib o'tdi. O’quv seminarda Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari (kimyo, fizika, biologiya) kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar.O'quv-seminar yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Eslatib o'tamiz!!! Ushbu seminar-treningning 1-qismi 25-noyabr kuni bo’lib o’tgan edi.

EdTechUZ: "Empowering Education through Technology for teachers" 3-o'quv seminariga start berildi.

22.05.2024 2920

Toshkent shahri Cambridge International School xususiy maktabida ITSM,  Cultural Vistas, Cambridge International School va The E.Muskie Program hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.Ushbu o'quv seminar Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilarining (kimyo, fizika, biologiya) kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan.Seminar-treningni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi "ITSM"ning Raqamli texnologiyalar boʻyicha direktori Qudrat Qobiljonovich ochib berdilar. Tadbirda Amerika qoʻshma shtatlari Cultural Vistas va The E.Muskie Program tanlov gʻoliblari  ishtirok etdilar. Eslatib o'tamiz!!! 6-18-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda oflayn tarzda hamda 14-16-sentabr kunlari onlayn tarzda o‘quv-seminarlari bo'lib o'tgan edi. Mazkur o'quv seminarimizning davomi 2-dekabr kuni Cambrige International School xususiy maktabida oflayn tarzda boʻlib o'tadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv.

22.05.2024 2988

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi

Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi

04.09.2023 6111

Bugun — 4-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.  Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.  Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirlarda faol o‘quvchilar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarishdi. Ma’lumot uchun aytish lozimki, umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik...

Mustaqillik bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

01.09.2023 5344

1 sentabr - jahon xaritasida mustaqil va suveren davlat, o‘z bayrog‘i, madhiyasi, gerbi kabi milliy ramzlariga, Davlat Qomusi - Konstitutsiyasiga ega, o‘zining qatʼiy maqsad yo‘li va porloq kelajak sari intiluvchan fuqarolariga ega  -  O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilgan kun!  Bu kun xalqimizning asriy orzusi amalga oshgan, ozodlik va hurlik nashidasi, ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklangan kundir! Eng qadrli bayramlarimizdan biri bo‘lgan, Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan xalqimizni muborak etamiz! Vatanimiz hurligi, erkinligi va farovonligi, yurtimiz tinchligi hamda osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!  Hurmat bilan, ITSM jamoasi

EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" seminar-treningidan video-lavha

18.08.2023 4875

Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda uch kun davom etgan EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusidagi o‘quv-seminarda umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar.  Seminar davomida ishtirokchilar "Phet", "Nearpod", "Kaahoot" kabi o'quv platformalari haqida nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda dars ishlanmalari, topshiriqlar, testlar, video-kontentlarni yaratdilar. O'quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Eslatib o'tamiz: o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.   Shuningdek, o'quv-seminarini tashkil etishda moliyaviy ko'mak bergan "Frankfurt Hotel"ga o'zimizning alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!  Bu kabi o'quv-seminarlarni barcha...

 Umumta'lim maktablarida o'qituvchilarning dars soati taqsimoti qay tartibda amalga oshiriladi?

18.08.2023 9137

     O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020-yil 30-iyunda ro'yxatdan o'tgan 3271-sonli qarori asosida, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ilovada keltirilgan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligida taqsimlanadi.      Xorijiy til o'qituvchilarini umumta'lim maktablariga ishga qabul qilish uchun xalqaro yoki mahalliy sertifikatlar zarurmi?      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.      Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajasidagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.