IT sohasida nega ko‘proq ayollarga ehtiyoj sezilmoqda?

13.05.2022

2202

Bugungi zamon yangilik va innovatsiyalarga asoslangani sababli IT sohaga ko‘proq ayollar va qizlarni jalb qilish dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi 1-panel muhokamasi aynan shu mavzuga qaratildi.

Forum ning 1-panel muhokamasida:
Xilola Umarova, Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori 
Rustam Karimjonov, Xalq ta’lim vaziri o’rinbosari
Farhod Ibragimov, IT-park direktori
Pekos Oleg Andreyevich, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari ishtirok etdi.

Muhokama davomida spikerlar aynan shu mavzuni keng qamrab oluvchi mulohazalar, ya’ni ish joyida gender xilma-xillikni ta’minlash turlicha fikrlash, o‘zgalar fikri va qarashlari bilan hisoblashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin