ITSM hamda EPAM kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

25.05.2022

1589

Joriy yilning 24-may kuni Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda EPAM kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida EPAM Belarus kompaniyasining ta'lim loyihalari bo'yicha direktori Dmitriy Yarmak tomonidan EPAMning O'zbekistondagi faoliyati va istiqbolli rejalari haqida ma'lumot berildi. 

Shuningdek, EPAM kompaniyasi vakillari xalq ta’limi tizimidagi raqamlashtirish va innovatsiyalar yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar. 

Muloqot davomida, EPAM kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda yangi raqamli Universitet tashkil etilayotgani haqida ma'lumot berildi hamda onlayn ta'lim jarayonida innovatsion g'oyalar bo'yicha hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi.

ITSM tomonidan ham ushbu tashabbus maktab bitiruvchilariga keng targ'ib qilinishi bo'yicha amaliy yordam berilishi ta'kidlandi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin