ITSM Toshkentdagi Webster Universitetida bo‘lib o‘tgan “Job and Career Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

21.04.2022

2064

2022-yil 19-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Webster Universitetida “Job and Career Fair” bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. 

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 80 dan oshiq korxona, tashkiloti va muassasalar qatnashdilar. 

Tadbirga maktablarning yuqori sinf o’quvchilari, universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o’z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin