Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga taklif etamiz!

29.04.2022

1422

ICT4Girls loyihasi doirasida 13-may kuni Hilton mehmonxonasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi boʻlib oʻtadi. Tadbirda  davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va oʻquv markazlari vakillari ishtiroki kutilmoqda. 

Forum 
- IT sohasida qizlarga berilayotgan eʼtiborni koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash;
- qizlar tomonidan ishlab chiqilgan IT-loyihalarni ragʻbatlantirish;
- sohadagi mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash maqsadlarida tashkil etilmoqda.

Forum doirasida IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari haqida ma'lumot berish maqsadida mehnat va ta'lim yarmarkasi ham tashkil etiladi.

Forumda ishtirok etish bepul. Buning uchun 7-mayga qadar ushbu havola (https://forms.gle/fGw3gGbnNKRVTvwx8) orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Shoshiling, joylar soni cheklangan

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin