Aziz ota-onalar, o'quvchilar va barcha maktab xodimlari diqqatiga!

08.04.2022

1308

Maktabingiz kutubxonasidagi kitoblarni berish jarayonida jurnal to'ldirishdan charchadingizmi? Kutubxonadan berilgan kitobingiz yo'qolib ketishidan xavotirdamisiz? 

Unda sizga Xalq ta'limi vazirligining Elektron kutubxona tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz!

Elektron kutubxona tizimi orqali kutubxonangizdagi barcha kitoblar va berilgan kitoblar soni hamda faol o'quvchilar statistikasini kuzatib borishingiz, tizimdagi "Kitoblar bazasi" orqali kutubxonangizda mavjud bo'lgan kitoblarni oson usulda qo'shib olishingiz mumkin bo'ladi. 
Shuningdek, kutubxonangizdagi kitobni kimga va qancha muddatga berganingizni onlayn nazorat qilib borishingiz ham mumkin bo'ladi.

Tizim Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi maktablarga joriy qilingan va foydalanish boshlangan. 

Siz, ushbu maktablardan biriga tashrif buyurib tizim bilan tanishib chiqishingiz mumkin!

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin