Navoiy shahridagi umumtaʼlim maktablarida Xalq taʼlimi vazirligining elektron taʼlim resurslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20.05.2022

2199

Xalq taʼlimi vazirligi va "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari tomonidan o‘quvchilarning yozgi taʼtil vaqtini unumli va maroqli o‘tkazishini ta'minlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yaratilgan Milliy segmentdagi elektron taʼlim resurslari bilan tanishtirish ishlari amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, o‘quvchilarni hozirda zamonaviy bo'lgan kasblarga qiziqishlarining tahlili natijasida, robototexnika, dasturlash va IT sohasidagi barcha kasblarni o'rganish bo'yicha tavsiyalar berildi. Taqdimot mobaynida o‘quvchilar o'zlariga qiziqarli bo‘lgan savollarga javoblar topgan holda o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdilar.

Taʼkidlash joizki, o‘qituvchilar tomonidan loyihalarning shaxsiy rivojlanish va kasbiy bilimlarni oshirishdagi roli alohida ta'kidlandi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin