Informatika fani o‘qituvchilarini attestatsiyadan o'tkazish jarayonini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida soha mas'ullari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi

06.04.2022

1911

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda pedagog kadrlarni shaffof hamda obyektiv baholash mezonlari yaratilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi IT faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Mo‘minov,  ITSM markazi Rivojlantirish bo‘yicha direktori N.Barnayev, Viloyat XTB monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Nasimov va boshqa  mas’ullar informatika fanidan o‘tkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, ularning faoliyatiga omad va zafarlar tilashdi.

Test jarayonlariga barcha tuman(shahar) larda faoliyat olib borayotgan 874 nafar malaka toifasini olishga da’vogar informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin