ITSM Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

30.04.2022

1918

2022-yil 28-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lib o‘tgan “Spring Career Fair 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. 

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar. Ushbu mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 100 dan oshiq korxona, tashkilot va muassasalar qatnashdilar. 

Tadbirga universitet talablari va ish qidirayotgan yoshlar o‘z qiziqishlarini bildirdilar. Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin