Joylarda yetuk malakali kadrlar va elektron ta’lim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda

06.04.2022

1941

Qashqadaryo viloyati XTV va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi.

Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin