“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Olg‘a ustozlar!” marafoni tashkil etildi

06.10.2022

1235

Marafon dasturida 120 nafar Toshkent shahar maktablari o‘qituvchilari va metodistlari hamda Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirok etdilar. 

Ushbu marafon “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasidagi o‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2022-yilga belgilangan grantlari asosida, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

“Olg’a ustozlar” marafonida marraga 1-bo‘lib yetib kelgan g‘olibga noutbuk,  2-o‘rin sohibasiga “Smart” televizor va 3-o‘ringa zamonaviy velosiped hamda faol ustozlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin