Sun’iy intellekt yo‘nalishiga ixtisoslashgan “IFLYTEK” xitoy kompaniyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi o‘rtasida, yurtimiz maktablarining texnologik imkoniyatlarini oshirish hamda xitoy tilini samarali o‘rgatish maqsadida maxsus dastur yaratish bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Memorandum imzolash tadbiri onlayn formatida o‘tkazilib, tomonlar uni hayotga tatbiq etish yo‘llari hamda bosqichlari haqida kelishib oldilar.
Xususan, ushbu Memorandumga asosan, “IFLYTEK” kompaniyasi O‘zbekistonlik o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar “Smart Education” xalqaro Xitoy platformasidan bepul foydalanishlari uchun 1000 tagacha akkauntlarni shakllantirishga mas’ulligi ta’kidlab o’tildi.