“BETT Show Tech exhibition” koʻrgazmasining ikkinchi ish kuni taassurotlari

30.03.2023

761

Xabaringiz bor, ITSM jamoasi London shahrida boʻlib oʻtayotgan innovatsion koʻrgazmada ishtirok etmoqda. Bugun koʻrgazma doirasida tashkil etilgan qiziqarli tadbirlarning bir nechtasi bilan quyida tanishtirib oʻtamiz:

Robototexnika namoyishi — aqlli robotlarning obyektlarni tanish/aniqlash/tasniflash, navigatsiya va video kuzatishni oʻz ichiga olgan vazifalarni qanday bajarishi namoyish etildi;

Dasturlash darslari “Python” va “Javascript” kabi turli tillarda dasturlashni oʻrgatadigan tajribali oʻqituvchilardan amaliy koʻnikmalar taqdim etildi;

Zamonaviy kompyuterlar va ularning aksessuarlari namoyishi — “Microsoft” va “Apple” kabi yirik kompaniyalar tomonidan barcha yangi ishlab chiqilgan qurilmalar, shuningdek ular uchun aksessuarlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda taʼlim bozorida katta muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilayotgan innovatorlarning qiziqarli chiqishlari ham taqdim etildi.

Taʼlim sohasidagi Liderlarning chiqishlari — Microsoft, Apple, Google kabi yirik kompaniyalar mutaxassislarining taqdimotlari tinglandi.

Oʻz navbatida ITSM jamoasi “Microsoft”, “Nearpod”, “Kahoot”, “Codible”, “Microbit” kabi kompaniyalar vakillari bilan bir qator samarali uchrashuvlarni oʻtkazdi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin