Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi.
14.02.2023
1554
Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib, Vatandan ketmoq?!
Zahiriddin, ortga bir qara,
Ortga boq, ey, sheri sargardon,
Axir, keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni koʻrmogʻing gumon”.
Bugun ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, Boburiylar saltanati asoschisi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil toʻldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va oʻz ismiga monand sher yurak sarkarda ham edi.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, oʻz ona tili, oʻzbek...