Endi Oʻzbekiston maktablarida 64 xil kasb oʻrgatiladi

20.01.2023

1340

Joriy yilning 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb oʻrgatish tizimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda taʼkidlanishicha, endilikda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilarga maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblar oʻrgatiladi.

Hokimliklar 2 mingdan ortiq tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etib, ularni jihozlaydi va zarur ashyolar bilan taʼminlaydi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamgʻarmasidan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/...

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/...

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin