Metallurgning bir ish kuni!

25.01.2023

1364

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda oʻquvchilarga maktabning oʻzida 64 xil kasb va hunar oʻrgatilishi boʻyicha vazifa qoʻyildi.

Biz oʻquvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga boʻlgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz.

Metallurg — metall qazib olish va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadigan ogʻir sanoat mutaxassisi sanaladi.

Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan ogʻir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.

Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Maʼlumot uchun:  2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Eslatib oʻtamiz: Bundan oldingi videorolik https://youtu.be/UaZXU4N-OJg orqali “Kimyogar texnologning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib oʻtgan edik.

 

https://youtu.be/UaZXU4N-OJg orqali “Kimyogar texnologning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib oʻtgan edik.

 

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin