O‘qituvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual klubining tumanlararo musobaqasi bo‘lib o‘tdi
07.10.2022
470Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ko‘magida “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining Toshkent shahar bo‘limi va “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining 4 ta tumanidan yig‘ilgan 60 nafardan iborat o‘qituvchilar uchun “Zakovat” tumanlararo musobaqasi tashkil etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga assotsiatsiyaning Toshkent shahar raisi Q. Shanazarova tomonidan 1-o‘ringa 9 million so‘m, 2-o‘ringa 6 million so‘m hamda 3-o‘ringa 3 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Shu bilan birga shahardagi barcha o‘qituvchilarni assotsiatsiya tomonidan tashkillashtiriladigan tadbirlarga jalb qilish, faoliyatini ommalashtirish, o‘z mavqeyini hamda aʼzolar sonini oshirish bo‘yicha tashviqot ishlari olib borildi.
Biz bilan bog'laning