News

YUNESKO tashabbusi bilan 130 ta bolalar kitobi o'zbek tilida nashr etildi

14.12.2020 3488

"Hikoyani tarjima qiling" (Translate a Story) loyihasi doirasida YUNESKO Xalq ta'limi vazirligi va Norvegiyaning rivojlanish agentligi (Norad) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitoblarni o'zbek tiliga tarjima qilindi.  Ushbu loyihaning birinchi muvaffaqiyati haqida fikr almashishi maqsadida kuni kecha Xalq ta'limi vazirligi, YUNESKO va Norad vakillari ishtirokida onlayn muloqot tadbiri bo'lib o'tdi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi jamoasi tomonidan tarjima qilingan kitoblar Global raqamli kutubxonaga (Global Digital Library - GDL) taqdim etildi.  Badiy hikoyalarni bog’cha va maktab yoshidagi bolalar o`qishi tavsiya qilinmoqda.   "Hikoyani tarjima qiling" - Norad, GDL, Global Book Alliance (GBA), BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi (UNHCR) va boshqalar bilan hamkorligida...

Diqqat tanlov!

07.12.2020 2987

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar va ularning assotsiatsiyalari uchun onlayn platforma ishlab chiqish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi. Onlayn platformada o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkilish etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish bo’yicha ma’lumotlar olish, ruhshunos va huquqshunoslardan onlayn maslahat olish, o’zlari istagan va platformaga qo’shilgan assotsiatsiyalardan biriga a’zo bo’lish, assotsiatsiyalar uchun esa subdomen orqali o’z saytiga ega bo’lish imkoniyati bo’lishi lozim. Tanlovda onlayn platformalarni ishlab chiqish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy...

Diqqat tanlov!

01.12.2020 2876

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun seminar-trening tashkillashtirish ishlari uchun tanlov e’lon qiladi. Seminar-trening oʻqituvchilik kasbining psixologik xususiyatlari hamda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkilish etish huquqi mavzularida oʻtkazilishi lozim. Tanlovda tadbirlar va treninglar tashkillashtirish boʻyicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 7-dekabrgacha qabul qilinadi.  Loyiha haqida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib,...

O‘quvchilarning kasb tanlashi uchun 4 omil

24.11.2020 4598

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida Toshkent shahridagi 129-sonli maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “To‘g‘ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda vazirlik vakillari, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan metodist-psixologlar, maktabning amaliyotchi psixologlari hamda texnologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Unda: •  o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish; •  tanlangan kasb bo‘yicha tegishli fanlarni o‘zlashtirish; •  8-9-sinflarda qiziqishlar bo‘yicha aniq kasb tanlash; •  10-11-sinflarda tanlangan kasb bo‘yicha ishlab chiqarish yoki tashkilotlarda amaliyot o‘tash omillari haqida tushunchalar berildi. Seminar-trening so‘ngida kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari, mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflar muhokama qilindi. Seminar-trening taqdimoti

Amity University Tashkent talabalarining kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish bo’yicha memorandum imzolandi 

20.11.2020 2938

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) hamda Amity University Tashkent o'rtasida o'zaro faoliyat va hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. ITSM hamda Amity University Tashkent rahbariyatlari tomonidan imzolangan memorandumda  Amity University Tashkent talabalarining bilim va kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish borasida hamkorlik qilish ko’zda tutilgan. Uzoq va qisqa muddatli amaliyot o'tganlaridan keyin universitet talabalari Markazga ishga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, o'zaro hamkorlik doirasida xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar hamda ijodiy izlanishlarni rag'batlantirish rejalashtirilgan.

Xalq ta’limi vazirligida notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

07.11.2020 2950

Xalq ta’limi vazirligida vazirlik hamda “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK xodimlari uchun Notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-trening xodimlarda ilmiy salohiyat, kasbiy etika, o‘zaro muloqot va minbardan turib gapirish madaniyatini oshirishga qaratilgan. – bugungi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan “Uchinchi renessans”ni amalga oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar va ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Davlat dasturining ijrosini ta’minlash eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, – dedi seminar treneri Sanjar Shukurov - Tadbir doirasida ta’lim tizimi sifatini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda zamonaviy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish, ta’limda raqamli texnologiyalarning o‘rni keng muhokama qilindi. Treningda Sanjar Shukurov Yangi O‘zbekistonda “Yangi o‘zbek”, “Millatim boshqa bo‘lsada, men O‘zbekistonlikman”...

50 teachers and students were awarded with laptops

18.10.2020 4173

In early October, 15 teachers and students who actively participated in their selected courses on the Coursera educational platform were awarded with laptops.  This time, 50 active participants of international courses were awarded modern laptops for the number of certificates received the level of the courses’ complexity and 100% participation.  Until today, about 13 thousand teachers and students of the public education system who registered on Coursera have been trained in about 60 thousand courses; have taken part in 250 lessons with a total duration of 130 thousand hours. These are the winners from Navoi region - 14 people, Syrdarya region - 5,...

Coursera online malaka oshirish kurslarida faol bo‘lgan yana 50 nafar g‘olib taqdirlanadi

16.10.2020 4755

Courseraning navbatdagi sovrindorlar ro'yxati:  

LUKOYL Buxoro va Qarshi maktablarida robototexnika to‘garaklarni tashkil etish loyihasini moliyalashtirdi

13.10.2020 4090

Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda avtomatlashtirish va robot xizmatlari kengayib borayotgani hamda ular eng qiyin vazifalarni ham amalga oshirayotgani kelajakda zamonaviy kasb va mutaxassislarga talab ortib borishidan dalolat beradi. Yoshlarni zamonaviy va kelajak kasblariga yo‘naltirish davlatimiz tomonidan ta’lim sohasidagi ustuvor vazifa etib belgilangan. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Yangi o‘quv yilida “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” kompaniyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda hududlarda ixtisoslashtirilgan sinflar va robototexnika kurslarini yaratish loyihasiga start berildi.  Kuni kecha Qarshi...

STEM ta’limi rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan video-seminarda Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorliklarga to‘xtalib o‘tdi

10.10.2020 2832

- O‘zbekistonning yaqin tarixiga qaraydigan bo‘lsak, Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng, respublika aholi soni 16 millionga o‘sdi. Albatta, bu o‘sishning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli, hozirgi kunda bizning asosiy maqsadimiz, shu yoshlarning ishga joylashishi hamda zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlashdir. Vazir OTB bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan STEM ta’limi va ta’lim texnologiyalarni umumta’lim maktablariga joriy etish loyihalarining o‘rni va ahamiyati katta ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tdi. “Bugungi kunga kelib, sanoat 4.0, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va an’anaviy kasblar kelajagi to‘g‘risida juda ko‘p muhokamalar olib borilmoqda. Bularning barchasi moslashuvchanlik, har tomonlama rivojlanish va yuqori samaradorlikni talab qiladi”. Sherzod Shermatov, o‘z nutqi yakunida mazkur video-seminarni...

STEM ta’limi va ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro seminarda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov O‘zbekiston tajribasi bilan taqdimot o‘tkazdi

09.10.2020 2921

Ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalqaro moliya institutlari, xususan, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik va ular tomondan qo‘llab-quvvatlashning muhimligiga alohida urg‘u berib o‘tmoqchiman. Koronavirus pandemiyasi vaqtida vazirlik tomonidan ta’lim uzluksizligini ta’minlash uchun keskin choralar ko‘rish zaruriyati tug‘ildi. Shu maqsadda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, loyiha doirasida uchta televizion kanal orqali tanlab olingan eng yaxshi o‘qituvchilar maktab dasturlarini o‘tishmoqda. Shu bilan birga, kelgusida xalq ta’limi sohasida ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va bu uchun, birinchi o‘rinda, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, elektron kontentni rivojlantirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga tayyorlashni zamonaviy texnologiyalar orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘yish muhimligi...

Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo’lgan 15 nafar g’olib noutbooklar bilan taqdirlandi

06.10.2020 4807

Tanlovning 1-bosqichida respublika bo'yicha 352 ishtirokchi faol qatnashishdi. Ular orasidan tanlov shartlarini to'liq va haqqoniy bajargan, yaxshi natijaga erishgan va eng yuqori ko'rsatkichni egallagan 15 nafari g'olib: 3 nafar informatika; 8 nafar ingliz tili o’qituvchisi; 4 nafar maktab o’quvchisiga  5-oktyabr sanasida Xalq ta’limi vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida taqdirlanishdi. Ma'lumot o'rnida, Xalq ta'limi vazirligining tashabbusi bilan birinchi bosqichga qo'shimcha o'rin sifatida yana 15 nafar g'olib saralab olindi. Tez kunlarda yangi g'oliblar zamonaviy noutbook bilan taqdirlanadi. Bunday tanlovlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda tashkil etiladi va eng faol o'qituvchi va maktab o'quvchilari taqdirlanib boriladi.

Uzcard kompaniyasi o‘qituvchilarni taqdirladi!

01.10.2020 2852

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi hamda Uzcard kompaniyasi tizimda  raqamli ta’limni rivojlantirish, maktab o‘quvchilariga qiziqarli bo‘lgan elektron dasturlarni boyitishda o‘z mehnatini ayamay, izlangan va hamkorlik qilgan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirdi.   “Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatda, o‘zlaringizni yo‘qotmay, ta’limning uzluksizligini ta’minlashda katta hissa qo‘shdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz” deydi - Uzcard bosh direktori Dilshod Ikromov. Tadbir so‘ngida, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov interaktiv virtual ta’limni rivojlantirishda kontent yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan va amaliy yordam ko‘rsatgan bir qator o‘qituvchilarga Uzcard homiyligidagi zamonaviy planshet hamda tashakkurnomalarni topshirdi. “Kelajakda ta’lim sohasida yangi loyihalar, yana-da mukammal platforma va dasturlarni...

Maktab tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech yechimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqiladi

30.09.2020 2724

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Zoom platformasida Xalq ta'limi vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan video-uchrashuv bo'lib o'tdi. Muhokama mavzusi: "Respublika davlat umumta'lim maktablarida ta'lim texnologiyalarining holati va ta'lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish". Seminarda o'zining taqdimotlari bilan Riye Xiraoka (OTB Ijtimoiy sho'ba bo'limi Direktori), Jian Shu, (Ta'lim va ta'lim texnologiyalari bo'yicha katta mutaxassis, OTB), shuningdek, Tim Denni va Qobil Yunusov, OTB texnik yordam loyihasi konsultantlari ishtirok etdilar. Jian Shu so'zlariga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda ta'lim texnologiyalarini joriy etish o'rta darajada bo'lib, virtual va kengaytirilgan reallik kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirish hamda joriy etish uchun imkoniyat mavjud". Xalq...

Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki STEM-ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini joriy etadi

29.09.2020 3189

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan joriy yilning 24 sentyabr kuni Zoom platformasida "O'zbekiston Respublikasida STEM ta'limini rivojlantirish" mavzusida video-seminar o'tkazildi. Xalq ta'limi vazirligining Osiyo taraqqiyot banki bilan qo'shma loyihasi doirasida Respublika davlat umumta'lim maktablarida STEM-ta'lim (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) infratuzilmasini rivojlantirishga 100 mln. AQsh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekiston Respublikasidagi missiyasi rahbari – Sindi Malvichini Xalq ta'limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida xalq ta'limi sohasida hamkorlik bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, Sindi Malvichini loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishini ta'kidladi: 1. O'quvchilar uchun qulay o'quv muhitini yaratish maqsadida maktab infratuzilmasi (energiya tejamkor va tabiiy ofatlarga...

Bir vaqtning o‘zida Coursera’ning 10 ta onlayn kursida o‘qish mumkinmi?

28.09.2020 3069

Bir vaqtning o‘zida Coursera’ning 10 ta onlayn kursida o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin. Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi bo‘lim boshlig‘i Qadamboy Saidov bir vaqtning o‘zida Coursera onlayn kurslar platformasi doirasida ta’lim olib, o‘nga yaqin sertifikatga ega bo‘ldi.  Onlayn kursning qanday imkoniyatlari bor? Dunyoning nufuzli universitetlarining professorlari seminarlarida nimalarni o‘rganish mumkin va ularning afzalliklari nimada?   Suhbat davomida ana shu savollarga javob topasiz hamda Courseraning yana boshqa muhim jihatlari haqida bilib olasiz. Batafsil video: https://itsm.uz/uz/video-gallery/view?id=4#eduKidsGroup-2

Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi ITSM markaziga yangi rahbar tayinlandi

24.09.2020 2960

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi.  Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi DUKda guruh boshlig‘i, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKda departament boshlig‘i,  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.  Bugunga qadar Xalq ta’limi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.  Ma’lumot o‘rnida: •  Eldorbek Rasulov 1988 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Edu Market onlayn-olimpiadasida 20 000 dan ziyod ishtirokchilar orasidan aniqlangan g‘oliblar taqdirlandi

21.09.2020 3257

Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda Game Zale bilan hamkorlikda tashkil etilgan Edu Market interaktiv virtual ta’lim dasturining onlayn-olimpiadasi maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan edi. Ma’lumot o‘rnida, Android va  iOS platformalari foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgan olimpiadada 12 yoshgacha bo‘lgan 20 000 dan ortiq maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Kuni kecha g‘oliblar taqdirlandi. Hozircha Toshkent shahridagi 13 nafar g‘olibga sertifikat, maxsus ko‘krak nishoni va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining esdalik sovg‘alari topshirildi.  Poytaxtlik Halima Vohidova va Zuhra Akbarova esa ikkinchi va uchinchi hafta natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni egallashgan edi. Opa-singil g‘olibalar bosh sovrin — PLANSHET bilan taqdirlandilar. Yurtimizdagi pandemiya sharoiti tufayli har bir ota-ona...

«Lukoyl» kompaniyasi xalq ta’limi tizimida robototexnika sinflarini tashkil etishda homiylik qiladi

14.09.2020 3125

"LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" MChJ hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining umumta’lim maktablarida «Lukoyl» kompaniyasi homiyligi asosida robototexnika kurslarini tashkil etadi. Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlarni kelajakda kasb-hunarga tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Buxoro va Qarshi shaharlarida ikkita umumta’lim maktablarida umumiy loyiha qiymati qariyb 243 mln. so‘mlik robototexnika sinflari joriy yilning so‘ngiga qadar tashkil etiladi. Kelajakda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ hamda xalq ta’limi sohasida ushbu loyihani kengaytirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

English Speaking Nation loyihasi doirasida trener yoki mentor bo’lishni istagan ingliz tili o’qituvchilari diqqatiga!

07.09.2020 4226

Siz ingliz tili o’qituvchisimisiz?! Unday bo’lsa, English Speaking Nation loyihasi doirasida trener yoki mentor bo’lish uchun ariza topshirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang. Arizangizni https://www.esn-teachers.org/apply/core-teacher-trainer-application sayti orqali jo’natishingiz mumkin. Shuningdek, loyihaga qiziqishi ortganlarni vebinarda ishtirok etishga taklif etamiz. Vebinarlar vaqtini esa quyida ko’rsatilgan: Vebinar vaqti Sana Viloyat 10.00-11.00 7-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11.00-12.00   Xorazm viloyati 15.00-16.00   Navoiy viloyati 10.00-11.00 8-sentyabr Namangan viloyati 11.00-12.00   Farg‘ona viloyati 15.00-16.00   Andijon viloyati 10.00-11.00 9-sentyabr Qashqadaryo viloyati 11.00-12.00   Surxondaryo viloyati 15.00-16.00   Buxoro viloyati 10.00-11.00 10-sentyabr Samarqand viloyati 11.00-12.00   Sirdaryo viloyati 15.00-16.00   Jizzax viloyati 10.00-11.00 11-sentyabr Toshkent viloyati 11.00-12.00   Toshkent shaxri 15.00-16.00   Namangan viloyati 10.00-11.00 14-sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11.00-12.00   Xorazm viloyati 15.00-16.00   Navoiy viloyati 10.00-11.00 15-sentyabr Namangan viloyati 11.00-12.00   Farg‘ona viloyati 15.00-16.00   Andijon viloyati 10.00-11.00 16-sentyabr Qashqadaryo viloyati 11.00-12.00   Surxondaryo viloyati 15.00-16.00   Buxoro viloyati 10.00-11.00 17-sentyabr Samarqand viloyati 11.00-12.00   Sirdaryo viloyati 15.00-16.00   Jizzax viloyati 10.00-11.00 18-sentyabr Toshkent viloyati 11.00-12.00   Toshkent shaxri 15.00-16.00   Andijon viloyati ZOOM dasturi orqali onlayn-vebinarda ishtirok etib, loyiha haqidagi barcha savollaringizga javob toping. Havola: https://zoom.us/j/8605340000