Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo’lgan 15 nafar g’olib noutbooklar bilan taqdirlandi

06.10.2020

183

Tanlovning 1-bosqichida respublika bo'yicha 352 ishtirokchi faol qatnashishdi. Ular orasidan tanlov shartlarini to'liq va haqqoniy bajargan, yaxshi natijaga erishgan va eng yuqori ko'rsatkichni egallagan 15 nafari g'olib:

3 nafar informatika;
8 nafar ingliz tili o’qituvchisi;
4 nafar maktab o’quvchisiga  5-oktyabr sanasida Xalq ta’limi vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida taqdirlanishdi.

Ma'lumot o'rnida, Xalq ta'limi vazirligining tashabbusi bilan birinchi bosqichga qo'shimcha o'rin sifatida yana 15 nafar g'olib saralab olindi. Tez kunlarda yangi g'oliblar zamonaviy noutbook bilan taqdirlanadi.

Bunday tanlovlar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda tashkil etiladi va eng faol o'qituvchi va maktab o'quvchilari taqdirlanib boriladi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form