Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi ITSM markaziga yangi rahbar tayinlandi

24.09.2020

2586

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi. 

Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi DUKda guruh boshlig‘i, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKda departament boshlig‘i,  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Bugunga qadar Xalq ta’limi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida:

•  Eldorbek Rasulov 1988 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form