«Lukoyl» kompaniyasi xalq ta’limi tizimida robototexnika sinflarini tashkil etishda homiylik qiladi

14.09.2020

3178

"LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" MChJ hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining umumta’lim maktablarida «Lukoyl» kompaniyasi homiyligi asosida robototexnika kurslarini tashkil etadi.

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlarni kelajakda kasb-hunarga tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Buxoro va Qarshi shaharlarida ikkita umumta’lim maktablarida umumiy loyiha qiymati qariyb 243 mln. so‘mlik robototexnika sinflari joriy yilning so‘ngiga qadar tashkil etiladi.

Kelajakda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ hamda xalq ta’limi sohasida ushbu loyihani kengaytirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form