O‘quvchilarning kasb tanlashi uchun 4 omil
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida Toshkent shahridagi 129-sonli maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “To‘g‘ri kasb tanlash — muvaffaqiyat kaliti” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda vazirlik vakillari, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan metodist-psixologlar, maktabning amaliyotchi psixologlari hamda texnologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Unda:
• o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish;
• tanlangan kasb bo‘yicha tegishli fanlarni o‘zlashtirish;
• 8-9-sinflarda qiziqishlar bo‘yicha aniq kasb tanlash;
• 10-11-sinflarda tanlangan kasb bo‘yicha ishlab chiqarish yoki tashkilotlarda amaliyot o‘tash omillari haqida tushunchalar berildi.
Seminar-trening so‘ngida kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari, mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflar muhokama qilindi.
Seminar-trening taqdimoti











