STEM ta’limi rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan video-seminarda Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorliklarga to‘xtalib o‘tdi

10.10.2020

2886

- O‘zbekistonning yaqin tarixiga qaraydigan bo‘lsak, Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng, respublika aholi soni 16 millionga o‘sdi. Albatta, bu o‘sishning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli, hozirgi kunda bizning asosiy maqsadimiz, shu yoshlarning ishga joylashishi hamda zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlashdir.

Vazir OTB bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan STEM ta’limi va ta’lim texnologiyalarni umumta’lim maktablariga joriy etish loyihalarining o‘rni va ahamiyati katta ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tdi.

“Bugungi kunga kelib, sanoat 4.0, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va an’anaviy kasblar kelajagi to‘g‘risida juda ko‘p muhokamalar olib borilmoqda. Bularning barchasi moslashuvchanlik, har tomonlama rivojlanish va yuqori samaradorlikni talab qiladi”.

Sherzod Shermatov, o‘z nutqi yakunida mazkur video-seminarni tashkil etishda ishtirok etgan barcha mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va mazkur loyiha OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar kabi muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildirdi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form