Uzcard kompaniyasi o‘qituvchilarni taqdirladi!

01.10.2020

2420

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi hamda Uzcard kompaniyasi tizimda 
raqamli ta’limni rivojlantirish, maktab o‘quvchilariga qiziqarli bo‘lgan elektron dasturlarni boyitishda o‘z mehnatini ayamay, izlangan va hamkorlik qilgan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirdi.
 
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatda, o‘zlaringizni yo‘qotmay, ta’limning uzluksizligini ta’minlashda katta hissa qo‘shdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz” deydi - Uzcard bosh direktori Dilshod Ikromov.

Tadbir so‘ngida, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov interaktiv virtual ta’limni rivojlantirishda kontent yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan va amaliy yordam ko‘rsatgan bir qator o‘qituvchilarga Uzcard homiyligidagi zamonaviy planshet hamda tashakkurnomalarni topshirdi. “Kelajakda ta’lim sohasida yangi loyihalar, yana-da mukammal platforma va dasturlarni amalga tadbiq etishda ko‘magingizga ishonamiz” deya, o‘z so‘zini yakunladi vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov.

">

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form