STEM ta’limi va ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro seminarda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov O‘zbekiston tajribasi bilan taqdimot o‘tkazdi

09.10.2020

2450

Ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalqaro moliya institutlari, xususan, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik va ular tomondan qo‘llab-quvvatlashning muhimligiga alohida urg‘u berib o‘tmoqchiman. Koronavirus pandemiyasi vaqtida vazirlik tomonidan ta’lim uzluksizligini ta’minlash uchun keskin choralar ko‘rish zaruriyati tug‘ildi. Shu maqsadda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, loyiha doirasida uchta televizion kanal orqali tanlab olingan eng yaxshi o‘qituvchilar maktab dasturlarini o‘tishmoqda.

Shu bilan birga, kelgusida xalq ta’limi sohasida ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va bu uchun, birinchi o‘rinda, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, elektron kontentni rivojlantirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga tayyorlashni zamonaviy texnologiyalar orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form