Endi Jizzax shahrida AKTga ixtisoslashtirilgan maktab mavjud
09.02.2021
4318
Kuni kecha, Jizzax shahrida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 8-maktabining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, “Unitel” MChJ va Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Maktabni zamonaviy ta’mirlanib 8 ta sinf xonasi — informatika, robototexnika, kibersport, matematika, ingliz tili, raqamli kutubxona, o‘qituvchilar xonasi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Jami mahalliy davlat byudjetidan salkam 1 mlrd.ga yaqin mablag‘ sarf etildi.
Ochilish marosimi davomida Rustam Karimjonov “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Eng yaxshi informatika fani o‘qituvchisi” “Top-100” taligiga kirgan 4 nafar o‘qituvchiga sertifikat va...