Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Oʻzbekistondagi Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida maktab/kasb-hunar maktabi/kollej/texnikum/akademik litsey oʻquvchi qizlari uchun bahorgi IT oromgohni tashkillashtirish xaridlari uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov nomi:
“Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (Digital Empowerment of Girls) loyihasi doirasida maktab/kasb-hunar maktabi /kollej /texnikum /akademik litsey oʻquvchi qizlari uchun bahorgi IT oromgohni tashkillashtirish.
Moliyalashtirish manbai:
Mazkur tanlov Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlov shartlari va ishtirokchining majburiyatlari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Tanlovni tashkillashtirish bo‘yicha tajribaga ega tashkilotlar o‘z takliflarini info@itsm.uz elektron manziliga joriy yilning 15-mart kuni soat 18:00ga qadar yuborishlari lozim.
Batafsil ma’lumot yoki savollar bo‘yicha +998 71 207-39-39 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.