1-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazildi
02.03.2022
1034Yigʻilishda 2022−2026-yillarga mo’ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo’llab-quvvatlash dasturi qabul qilinishi va ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun bir qator keng imkoniyatlar berilishi ma'lum qilindi.
Jumladan, 2022-yildan boshlab har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizni IT sohasida oʻqitish davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yil noyabr oyidan beri ITSM “Qizlarning IT koʻnikmalarini rivojlantirish” (ICT4Girls) loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Biz bilan bog'laning