Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi

05.11.2021

3011

Kimyo, fizika va biologiya fani bo‘yicha respublikamiz oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha seminar oʻz ishini boshladi

Joriy yilning 5-noyabr kuni, poytaxtimizning 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida STEM ta’limini rivojlantirish maqsadida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishga oid oʻquv-trening boshlandi.

Trening Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda  Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ochilish marosimida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish boshqarmasi boshligʻi Laziz Xo‘jakulov hamda sohaga doir qator mutaxassislar ishtirok etishdi. 

4 kunlik oʻquv-treningda STEM ta’limini joriy etish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganib chiqish koʻzlangan bo‘lib, respublikamizning 14 ta hududidan 90 nafarga yaqin oʻqituvchi-pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Shuni qayd etish joizki, ITSM, Cambridge International School, Oxbridge International School hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya ishlari boʻyicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan edi. Seminarda ular bilan o‘qutuvchilarni tanishtirgan holda, laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan trening o‘tkazilmoqda.

- Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni joylarga yetkazish hamda fizika kimyo va biologiya fanlaridan nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib borishni yangi sifat darajasiga ko‘tarishga mo‘ljallangan bugungi seminarning tashkil etish jarayoni aynan yanvar oyida boshlangan edi. Bugungi kunda bilasiz ta’limni rivojlantirish, xususan, o‘quvchilarimizni yuqorida aytib o‘tilgan fanlarga qiziqtirishimiz uchun biz ular bilan sifatli laboratoriya jihozlarini qo‘llagan holda laboratoriya ishlarini yuqori darajada o‘tkazishimiz lozim. Ushbu seminar mana shu sifatni ta’minlash maqsadida tashkil etildi, deydi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ta’lim markazida kimyo fani metodisti Xasanova Sevara. - Men ushbu treningda trener sifatida faoliyat yuritayotganimdan juda xursandman. O‘qituvchilar laboratoriya ishlarini to‘g‘ri, ya’ni qiziqarli tarzda olib bora olishi kelajakda o‘quvchilar orasidan kimyo fanidan ixtirochilarni saralab olishga yordam beradi.  Chunki bilasiz aynan kimyo, biologiya va fizika  fanlari bo‘yicha nazariy bilimini qachonki bola amaliyotda qo‘llay olsagina, fanga bo‘lgan qiziqishi oshadi. Bu esa ta’lim sifati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. 

Oʻquv-trening 9-noyabrga qadar davom etadi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin