Raqamli kutubxona platformasidan toʻgʻri foydalanish boʻyicha trening oʻtkazildi

14.10.2021

3704

Joriy yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizning 238-umumtaʼlim maktabida Raqamli kutubxona loyihasi doirasida Raqamli kutubxona platformasidan toʻgʻri foydalanish, xususan, kutubxona fondidagi  kitoblar harakatini samarali nazorat qilish boʻyicha kutubxonachilar bilan trening oʻtkazildi.

Unda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqish boshqarmasi mutaxassislari Muhiddin Jalolov va Abduxabib Meliyev, Dasturiy mahsulotlarni joriy qilish va texnik yordam koʻrsatish boshqarmasi mutaxassisi Amrillo Abdusalomov hamda 166-, 330-, 22-, 238-, 279-sonli umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari ishtirok etdi.

Endilikda treningni Shayxontohur tumanida joylashgan barcha maktablar uchun oʻtkazish rejalashtirilgan.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin