ITSM jamoasi umumxalq xayriya hasharida hamjihatlik bilan qatnashdi!

21.08.2021

2497

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi va 21-avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi belgilab qo'yildi. 

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” xodimlari ham ushbu hasharga o‘z hissasini qo‘shdi. 

ITSM jamoasi tomonidan o‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, hovli, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin